Microsoft Word qalbimizning nuri ziyouz com doc


Download 202.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/44
Sana27.01.2023
Hajmi202.48 Kb.
#1132654
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44
Bog'liq
Abdulloh Murod. Qalbimizning nuri

 
 
“UHUD BIZNI YAXSHI KO‘RADI” 
Uhud shahidlarining ziyoratiga borar ekanmiz, mezbonimiz–ota-bobolari asli namanganlik 
bo‘lishgan amakimizning so‘zlaridan nihoyatda ta’sirlandik: 
“Birodarlar, mana bu Uhud tog’i. Uhud tog’i jannatga kirajak tog’lardandir. Uhud tog’i bizni yaxshi 
ko‘radi, biz ham Uhud tog’ini yaxshi ko‘ramiz. Ro‘zi qiyomatda bu tog’ bizlarga shafoatchilik qilgay. 
“Allohim, bu bandalaring Sening roziligingni istab, meni ziyorat qilgan edi”, degay. Ha, do‘stlar, Uhud 
tog’i bizni yaxshi ko‘radi, biz ham uni yaxshi ko‘ramiz. Qarang unga, qanday ham kulib turibdi!” 
Bu gapdan so‘ng “kulib turgan” toqqa boshqacha qaray boshladik... 
Mezbon ko‘zida mamnuniyat yoshlari ila yana quyidagilarni aytdi. 
— Bundan o‘n-o‘n besh yillar avval O‘rta Osiyodan juda sanoqli hojilar kelishar, biroq biz bir-
birimizga yaqin borolmas, suqbat qilolmas edik. Uzoqdan termulib, qon yig‘lab qolardik. Mana, 
Allohning lutfu karami ila mustaqil bo‘lgach, siz azizlar bilan bemalol diydor ko‘rishib turibmiz, 
alhamdulillah.
 


Qalbimizning nuri. Abdulloh Murod 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
32
MENGA ISHONASIZMI? 
Sevimli Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, Safo tepaligiga chiqdilar va ulkan qoya ustidan 
turib: 
— Ey Abdul Muttalib o‘g’illari, ey Fihra o‘g’illari, ey Zuhra o‘g’illari, — deya qabila ulug’larini ismlari 
bilan chaqirib barcha qarindoshlarini bir joyga to‘pladilar va ularga shunday xitob qildilar:
— Ey Quraysh jamoasi! Men sizga shu tog’ning etagida dushman otliqlari bor! Hozir ustingizga 
bostirib keladi. Mollaringizni talaydi, desam, ishonasizmi?
Hammalari baravariga: 
— Ha, ishonamiz. Chunki hozirgacha sendan yolg‘on gap eshitmadik, —dedilar.
— Unday bo‘lsa, eshitinglar: oldingizda shiddatli bir azob kuni borligini, Allohga ishonmaganlar 
o‘sha kunda buyuk azobga duchor bo‘lishlarining xabarini beraman. Sizni shunday azobdan 
ogohlantirmoq uchun yuborildim, — deb marhamat qildilar Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam.

Download 202.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling