Microsoft Word qalbimizning nuri ziyouz com doc
Download 202.48 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulloh Murod. Qalbimizning nuri
ZUHD CHEGARASI Abu Yazid Bastomiy deydi: «Meni hech kim balxlik bir yigitdek mag’lub qilgan emas. U haj qilib qaytayotganimizda biz bilan uchrashib qoldi va: — Sizlarda zuhdni qanday tushunishadi? — deb so‘radi. — Topilsa yeb, topilmasa, sabr etishni zuhd deymiz. — Balxning kuchuklari shunday qiladi... — Xo‘sh, unda zuhdning chegarasi bormi? — deb so‘radik undan. — Topmasa sabr, topilsa, o‘zgalarga tortiq etish, — dedi u». BARAKOTLI KUN Suvayd ibn Qafladan rivoyat qilinadi: “Hazrati Ali, roziyallohu anhu, ma’lum bir payt moddiy jihatdan ancha qiyin ahvolga tushib qoldi. Shunda Fotimadan: — Otang quzurlariga borib, ozroq yordam so‘rasang bo‘larmidi, — deya uni Janobi Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, yonlariga jo‘natdi. Fotima eshik taqillatganida Ummu Ayman onamiz Rasuli akramning, sollallohu alayhi va sallam, yonlarida edi. — Bu Fotimaning eshik taqillatishiga o‘xshaydi. Bemahalda nimaga keldi ekan? — dedilar Nabiy sollallohu alayhi va sallam. Fotima ichkari kirdi va: — Yo Rasulalloh, farishtalarning ozig’i: “Allohdan o‘zga iloh yo‘q” deyish, Allohga hamd va tasbeh aytishdir. Bizning ozig’imiz nima? — deb so‘radi. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: — Meni haq payg‘ambar qilib yuborgan Allohga qasamki, bir oydan beri Muhammadning uyida ovqat pishirish uchun olov yoqilgani yo‘q. Bizga bir nechta echki keltirishibdi. Xohlasang, beshtasini sizlarga berishni buyuraman. Xohlasang, Jabroil, alayhissalom, menga o‘rgatgan kalimalarni o‘rgataman, — deya marhamat qildilar. Shunda Fotima, roziyallohu anho: Qalbimizning nuri. Abdulloh Murod www.ziyouz.com kutubxonasi 14 — Yo Rasulalloh, menga Jabroil, alayhissalom, Sizga aytgan o‘sha kalimalarni o‘rgating, — dedi. Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam: — “Ey ibtidosi va intihosi yo‘q tanho Zot! Ey kuch-qudrat egasi Alloh, ey marhamatlilarning eng marhamatlisi Allohim”, degin, — dedilar. Shundan so‘ng Fotima, roziyallohu anho, uylariga qaytib keldi. — Nima gap? — so‘radi Ali, roziyallohu anhu. — Dunyo istab chiqqan edim, oxirat ne’matini olib keldim. Ali, roziyallohu anhu, bu gapdan g’oyat ta’sirlanib: — Bugun sen uchun eng xayrli va barakotli kun bo‘libdi, — dedilar”. Download 202.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling