Microsoft Word qishloq xo'jaligi mashinalari


Download 111.41 Kb.
bet1/8
Sana13.04.2023
Hajmi111.41 Kb.
#1350722
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
m2L9ph2bzVPAqHk6YrBFdrccjbygkg2u0INbSyxC12


1.3 O‘to‘rgichlar
O‘to‘rgichlar o‘simlik poyalarini tayanchsiz va tayanchli qirqish usullariga asoslangan. Tayanchsiz qirqishga asoslangan o‘to‘rgichlar toifasiga rotatsion-diskli o‘to‘rgich va rotatsion-barabanli (rotorli) o‘to‘rgich-maydalagichlar kiradi. Tayanchli qirqish apparatlari seg- ment-barmoqli va barmoqsiz-segmentli bo‘ladi.
Rotatsion-diskli o‘to‘rgich tabiiy o‘sgan va ekilgan yuqori hosil- li o‘tlarni tayanchsiz (qarshi qirqish pichog‘isiz) o‘rishga mo‘ljallan- gan. 1.1-rasmda KRONE firmasida chiqariladigan Easy Cut EC o‘t- o‘rgichning rotatsion-diskli o‘t o‘rish apparati ko‘rsatilgan.
Firma qamrash kengligi 2,4 m li to‘rt diskli va qamrash kengligi 3,2 m li sakkiz diskli rotatsion o‘to‘rgichlar ishlab chiqaradi. Bular- ning o‘rish apparatlari vertikal valda aylanadigan ellipssimon disklar 2 va ellipsning katta o‘qi yo‘nalishida sharnirli biriktirilgan ikkita yassi po‘lat pichoq 3 dan iborat. Ish vaqtida har juft disk o‘rilgan o‘tlarni qator uyum ko‘rinishida ang‘iz ustida qoldiradi. Pichoqlar o‘tlarni 30...50 m/s tezlikda tayanchsiz qirqadi.
0‘to‘rgichning ish unumi 1,5...3,0 ga/soat Mashina 0,9 va 1,4 klass traktorlari bilan agregatlanadi. Harakat disklarga traktorning ketingi QOV dan (nqov = 540 min-1) kardanli val va quti 1 ichida joy- lashgan silindrik shesternalar 4 orqali beriladi (quti ichida harakat yo‘nalishi qora chiziq bilan belgilangan). KRONE firmasining barcha turdagi rotatsion o‘to‘rgichlariga o‘rnatiladigan Easy Cut EC rotat- sion o‘rish apparati chorva mollariga ozuqa uchun ekilgan har qan- day o'simlik poyalarini tez, oson va tekis o'radi. O'simlik poyalari

1.1-rasm.. KRONE firmasining rotatsion - diskli o‘t o'rish apparati: 1 - po'lat quti; 2 - ellipssimon disk; 3 - pichoq; 4 - shesternyalar
qirqilayotganda mashinaning hech qanday qismiga tayanmaydi, poya- larning pichoqlar ta’sirida old tomonga og‘ishi esa poyaning bikirli- gi, uning pichoq urilganda paydo bo‘ladigan inertsiya kuchi va qis- man yondosh poyalarga tayanishi bilan cheklanadi.

Download 111.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling