Microsoft Word qishloq xo'jaligi mashinalari
O'rtacha qirqish apparatida
Download 111.41 Kb.
|
m2L9ph2bzVPAqHk6YrBFdrccjbygkg2u0INbSyxC12
- Bu sahifa navigatsiya:
- KS-1,2 tezkor o‘to‘rgichning
O'rtacha qirqish apparatida (1.4-e rasm) t = kto = S = 76,2 mm yoki 101,6 mm, S = 76.2 mm, k = 3/2. bo‘lgan qirqish apparatlari xorijiy o‘to‘rgichlarda ishlatiladi. S = 101,6 mm, k = 4/3 apparatlar oddiy o‘to‘rgichlarda qo‘llaniladi.
KS-1,2 tezkor o‘to‘rgichning segment-barmoqli qirqish apparati (1.5 -rasm) ikki asosiy qismdan - pichoq va qo‘zg‘almas barmoqlar brusidan iborat. .Qirqish jufti qo‘zg‘almas brus 14 ga boltlar bilan qotirilgan po‘lat barmoq 8, uning perosimon qismiga parchin mixlar bilan biriktirilgan plastina 9 va pichoq segmenti 10 dan iborat. Ekil- gan va tabiiy o‘sgan o‘tlarni 12 km/soat gacha tezlikda harakatlanib 1.4-rasm. Segment-barmoqli qirqish apparatlarining turlari: a - picho- g‘i bir yo‘l o'tadigan; b - pichog'i ikki yo‘l o'tadigan baland qirqish appa- rati; d - past qirqish apparati; e - o‘rtacha qirqish apparati o‘radi. Qamrash kengligi 2,1m. Ish vaqtida ichki 2 va tashqi 5 bosh- moqlarga tayanadi. O‘ng tomondagi tashqi boshmoqqa dala taxtasi 7, taxtaga esa, ichki tomonda sim chiviqlar 1 biriktirilgan. Chiviqlar o‘rilgan poyalarni chap tomonga) chetlatadi. Navbatdagi yonma-yon o‘tishida ichki boshmoq toza (o‘t poyalari yo‘q) joydan sirpanib yu- radi va avval o‘rilgan o‘tlarni shikastlamaydi. O‘to‘rgich harakatlan- ganda o‘rilgan o‘tlar barmoqlar brusi 14 ustidan oshib, dalaga tusha- di. Ichki va tashqi boshmoqlarga biriktirilgan po‘lat sirpangichlar 6 poyalarni qirqish balandligini rostlash uchun xizmat qiladi. Tashqi boshmoq 5 tumshug‘i ichki boshmoq 2 ning yonidagi barmoqning tumshug‘i orqali, traktor ketingi g‘ildiraklarining o‘qiga parallel o‘tkazilgan chiziqdan 35...55 mm oldinda bo‘lishi kerak. Apparat kallagi 4 va bunga biriktirilgan segmentli pichoq KShM yordamida ilgarilanma-qaytma harakatga keltiriladi. Krivoship vali bir yo‘l o‘tuvchi pichoq uchun 900...1150 min-1, ikki yo‘l o‘tuvchi pichoq uchun esa 450...550 min-1 chastota bilan aylanadi. Download 111.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling