Pichoq ilgarilanma-qaytma harakatlanadi va apparatning faol qis- mi vazifasini bajaradi. Pichoq kallak 4, po‘lat polosadan tayyorlan- gan yelka 12 va unga har qaysisi ikkita parchin mix bilan biriktiril- gan segmentlar 10 dan tashkil topgan. Segmentlarning pastki keng asosi yelkadan 5 mm tashqariga chiqarilgan bo‘ladi.
1.5-rasm. KS - 2,1 tezkor o'to'rgichning segment-barmoqli qirqish ap- parati: 1 - ayirgich; 2 va 5 - boshmoqlar; 3 va 16 - old va ketingi yo'nal- tirgichlar; 4 - pichoq kallagi; 6 - sirpangich; 7 - dala taxtasi; 8 - barmoq; 9 - qarshi qirqish plastinasi; 10 - segment; 11 - bosish panjasi; 12 - pichoq yelkasi; 13 - ishqalanish plastinasi; 14 - brus; 15 va 17 - chuv
Barmoqlar brusi 14 qo‘zg‘almas qarshi qirqish qismi vazifasini bajaradi. Brus MSt.6 po‘latdan tayyorlanadi. Qamrash kengligi 2,1 m li o‘to‘rgichda barmoqlar brusiga 27 dona barmoq 8 birbiridan 76,2 mm oraliqda boltlar bilan mahkamlangan. Barmoqning ikki yonida tayanch vazifasini bajaruvchi chiqiq (tayanch) lari bor. Bu tayanchlar barmoqlarni mustahkam tutib turadi, segmentlarning pastki keng aso- sini bir oz, ya’ni charxlash qiyin bo‘lgan qismini qoplab, uni poyalar- ni qirqish jarayonida qatnashtirmaydi.
Qarshi qirqish plastinasi 9 barmoqning ichki tekis yuzasiga par- chin mix bilan biriktiriladi, yig‘iq holatdagi qirqish apparatida bar- moqlarning qarshi qirqish plastinalari bir tekislikda yotishi kerak va bundan ko‘pi bilan 0,5 mm chetlashishiga ruxsat etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |