Microsoft Word qizlar tarbiyasi ziyouz com doc
KIRLAR VA ULARGA KERAK BO’LGAN SHARTLAR
Download 261.94 Kb. Pdf ko'rish
|
Aliy Naziimoo. Qizlarning tarbiyasi
KIRLAR VA ULARGA KERAK BO’LGAN SHARTLAR
O’tgan zamonda yurt ishlari ila shug‘ullana turgan xotunlar uylarida kirlar qo‘yish uchun bir javon hozirlab, juda ko‘p kirlar, yuzdan ortiq choyshablar tayyorlashga tirishar edilar. Bu kerakli matolarning hozir arzonligida, qachon tilasang istagancha sochiq, dasturxon, ko‘ylak-ishton, choyshab hozirlash mumkin bo‘lganligidandir. Bora-bora bu odat yo‘qolmish, to‘g‘rirog‘i, yo‘qolishiga to‘g‘ri kelmakda. Har yili bu narsalarni keragidan ortiq hozirlab, bir yo‘la ko‘p aqchalar sarf qilib, uyni kir ila to‘ldirishdan foyda yo‘qdir. Yurt ishlarini ustlariga oluvchilar kirlarni har vaqt tayyor qilib, yaxshi saqlab, o‘rni ila tutsinlar. Yaxshi yuvilmagan kirlar ko‘zga juda xunuk ko‘ringanidek, odam ustiga ham kiygisi kelmas. Erkaklar yaxshi yuvilmagan, yaxshi dazmollanmagan kir ko‘rsalar jahllari chiqadir. Keraksiz usul ila yuvilgan kirlar tez chirib, tutib bo‘lmas bir holga keladir. Ko‘p kir yuvuvchi xotunlar ko‘pincha kirlarni burab siqqan vaqtda parvosizliklaridan yirtib qo‘yadilar. Suvga xlor kabi kirni o‘yadigan narsa soladirlar. Qizlar tarbiyasi. Aliy Nazimo www.ziyouz.com кутубхонаси 17 Shunga ko‘ra yurt ishlariga qarovchi xotun bunday bir necha turli ishlardan saqlanishi va chin ko‘ngildan tirishib kirlar ila shug‘ullanishp kerak. Ro‘mol, qo‘l sochiq, dokadan qilingan narsalar, yenglar, yoqalar, pardalar kabi kichik kirlarni oila onasining o‘zi yuvsa yoki qizi yuvayotganda oldida qarab tursa, hech qiyinchiligi, tashvishi bo‘lmagan bir ishdir. Bu bilan esa, kirni yuvgan vaqtda yirtuvdan saqlagan bo‘ladirlar. Yosh qizlar ham erinmay mayda va nozik narsalar yuvilgan va dazmollangan vaqtda qarab tursalar yoki qarashsalar oz vaqt ichnda ul ishlarni o‘rganib, onalari kabi usta bo‘ladilar. Kirlarni yuvishga bermak uchun hozirlangan vaqtda birma- bir to‘g‘ri sanab, daftarga yozib qo‘yish kerak, chunki unutilishi yoki yanglishish sababli kirlar yuvilib quritilgandan so‘ng yurt boshi xotunga topshirilayotganda ko‘ngilsiz urish- talashlar chiqadir. Qanday kir bo‘lsada bo‘lsin, tuzatarlik, yamarlik narsalar ko‘rinsa, taxlab qo‘ygunga qadar qarab, tekshirib, tuzatib, yamab qo‘yish kerak. Tuzatish mumkin bo‘lgan narsani tuzatishni kechiktirish, ikkinchi marta yuvganda narsani kiyishga yaramaydigan qiluv demakdir. Ko‘p oila onalari bo‘ladiki, kir yuvilib quritilgandan so‘ng kirlarni dazmollab, har birini o‘z o‘rniga joylab, taxlab qo‘yadi. Keyinroq kir javonlarini ochib ko‘rib, o‘zlarining ishlaridan mamnun bo‘lib maqtanurlarki, bunday ishlardan mahtansalar haqlari bordir. Chunki turli-turli yurt narsalarining har biri o‘z o‘rnpga qo‘yilganini ko‘rishdek ko‘ngilga xush kela turgan hech bir narsa topilmas. Bunda yurt egasi xotun kirlarni ko‘ygan o‘rnidan bir narsa olishni tilagan vaqtda kirlarni ostini ustiga keltirmasdan, mashaqqatsiz topib olur. Yana yangi yuvilgan asirlarning hozir tutilmaydiganlarini hozir tutiladiganlarning ostiga qo‘yib taxlashga odatlanish kerak. Yuvishga berilgan vaqtda biri ustiga biri otilib, ayqash-uyqash qilib berilmasin. Kirlar xili ila ajratilib, avval va so‘ng yuviladiganlarini tartibi ila biri ortidan birisini yuvish yoki yuvdirishga berish kerak. Download 261.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling