Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


qildi",- degan so'zlar bilan ifodalash to'g'risida


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

qildi",- degan so'zlar bilan ifodalash to'g'risida.
Sahobalar va tobeunlar(sahobalarning zamondoshlari) hadislarni rivoyat qilishda "bizga 
habar qildi,aytdi, falonchidan eshitib gapirib berdi, eshitdim-ki",degan so'zlar bilan 
ifodalaganlar. Masalan: Sahoba Ibn Mas'ud hadis aytmoqchi bo'lsalar :" Rasululloh 
sallolohu alayhi va sallam bizga so'zlab berdilar" yoki "Rasulullohdan eshitganman",-deb 
gap boshlaganlar va hokazo
5-bob. Imomning kishilar ilmini sinash uchun biror masalani o'rtaga tashlashi.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytdilar:"Daraxtlar orasinda bir daraxt bordir
bargini tashlamaydir, u musulmonga o'xshaydir(ya'ni, musulmonlik daraxtning bargi- 
iymondur). Aytingizchi, bu qaysi daraxtdir?" Odamlar o'z qishloqlaridagi barcha


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
daraxtlarning nomlarini ayta ketdilar. Abdulloh ibn Umar atadilar:"Ko'nglimga, bu xurmo 
daraxti bo'lsa kerak, degan fikr keldi(uyalib aytmadim,aytishga
uyaldim)".0damlar:"0'zingiz aytib bering, yo Rasululloh",-deyishdi. Rasululloh sallolohu 
alayhi va sallam:"U xurmo daraxtidir",-dedilar.
6-bob. Ollohning ilm to'g'risida nozil qilgan kalomi.
Olloh taolo oyati karimasida:"Yo rabbiy,ilmimni ziyoda qilg'aysen,deb so'ra!",-deydi.
7-bob. Qur'on qiroatini muhaddis ko'rigidan o'tkazib olish lozimligi to'g'risida.
Hasan Basriy, Sufyon as-Savriy va Imom Molik:"Bu joizdir",-deganlar.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam huzurlariga Zimom ibn Sa'laba degan sahoba kelib 
aytdi:"Olloh sizga besht vaqt namoz o'qimoqni buyurdimi?" "Ha",-dedilar Rasululloh 
sallolohu alayhi va sallam. Ushbu so'zni Zimom o'z qavmiga borib, Rasulullohdsn deb 
rivoyat qildi. Odamlar uni Rasulullohdan deb qabul qildilar. Ba'zi kishilar Qur'on 
muallimiga o'zlari bilgan oyatlarni o'qib berib,tasdiqdan o'tgach, falonchidan Qur'on 
o'rgandim, deb unga nisbat beradir(quidagi hadis bining dalilidir).
Anas ibn Molik aytadilar:"Majlisda Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bilan o'tirgan 
erdik.Bir kishi tuya minib keldi-da, tuyasini masjidga cho'ktirib, tushovladi.Keyin 
dedi:"Qaysi biringiz Muhammad alayhissalomsiz?" Rasululloh sahobalar o'rtasida suyanib 
o'tirgan erdilar. "Mana bu suyanib o'tirgan oq yuzli kishi",-deb ko'rsatdik. Rasulullohga 
qarab:"Mutallibning o'g'limisiz?"-deb so'radi."Ha",-dedilar.Shunda u Rasulullohga 
qarab:"Men sizdan ba'zi bir narsalarni jiddiy so'raydirmen,mendan hafa bo'lmangiz",- 
dedi."So'rayvering",-dedilar Rasululloh."Sizning va sizdan avvalgilarning rabbinic o'rtaga 
qo'yib so'raydirmen,sizni Olloh odamlarning barchasiga payg'ambar qilib yubordimi?"- 
deb so'radi."Ha",-dedilar Rasululloh."Ollohga qasamyod etib sizdan so'raydirmen,5 vaqt 
namoz o'qimog'imizni Olloh buyurdimi?"-dedi."Ha",-dedilar Payg'ambarimiz."Ollohni 
o'rtaga qo'yib so'raydirmen,boylardan zakot olib, faqirlarga bo'lib bermoqni sizga Olloh 
buyurdimi?"-dedi."Ha ",-dedilar."Ollohni o'rtaga qo'yib so'raydirmen,yilda biro у ro'za 
tutmoqni Olloh buyurdimi?",-deb so'radi."Ha",-dedilar.Shundan so'ng u kishi dedi:"Men 
siz olib kelgan narsalarga iymon keltirdim.Men o'z qavmim yuborgan vakildirmen,ismim 
Zimom ibn Sa'laba, Sa'd ibn Bakr qabilasidanmen".

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling