Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Kechasi uygonib namoz o'qigan odamning fazilati haqida
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
18-bob. Kechasi uygonib namoz o'qigan odamning fazilati haqida
Uboda ibn Somit: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bu xususda bunday deganlar»,— deb rivoyatqiladirlar: «Kimki kechasi uyg'onib: «Lo iloha illa-l-lohu vahdahu, lo shariyka lahu, lahu-l-mulku va lahu-l-hamdu va huva alo kuMi shay'in qadiyr. Al-hamdu li-l-lohi va subhona-l-lohi va lo iloha illa-l-lohu va-l-lohu akbar va lo havla va lo quvvata illo billoh» (tarjimasi: «Ollohdan boshqa tangri yo'qdir, uning yolg'iz o'zigina mavjuddir, uning sherigi yo'qdir, jamiki mulk unikidir, barcha maqtovlar unga xosdir va u har bir narsaga qodirdir! Ollohta madhu maqtovlar bo'lsin! Ollohdan o'zga tangri yo'qdir, Olloh eng buyukdir! Olloh irodasisiz hech narsa bo'lmag'aydir») degan duoni o'qib, so'ng «Ilohi, meni kechirg'il!» desa, duosi mustajob bo'lg'aydir, keyin tahorat olib namoz o'qisa, namozi qabul bo'lg'usidir». Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Abdulloh'ibn Ravoha, albatta/yomon (noto'g'ri) so'z aytmag'aydir»,- deb quyidagi qissani (she'rni) aytib berdilar: «Doimo Olloh Kitobin o'qir Hazrat Rasululloh, Qop-qaro tun bag'rini yuz pora qilgan tong guvoh. Ko'rsatib bizga hidoyat, haq yo'lig'a boshladi, Bihamdilloh, so'qir ko'zlar ochildi, bo'lmadik gumroh. Mushrikiylar jismiga parqu to'shak ham botganida, Rasululloh ostlari qotdi to'shaksiz tun bo'yi, e voh!» Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida tush ko'rsam, qo'limda bir parcha «istabraq» degan mato bor ermish. Men o'shal mato parchasi Jannatning qay yeriga uchib borsa, o'sha joyga bormakni istar emishman. Bir payt, ikki kishi keldiyu, meni ushlab do'zaxga olib bormoqchi bo'ldi. Yo'lda bir farishta yo'liqib menga: «Qo'rqmag'il!» - dedi. Keyin, ularga qarab: «Qo'yib yuboringiz!» - deb aytdi. Men tushimni Hafsa opamga aytgan erdim, ul Rasulullohga aytib beribdir. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Abdulloh o'zi qandoq yaxshi yigitdir, biroq kechasi turib namoz o'qisa erdi!»-debdilar». «Shu-shu Abdulloh kechasi turib namoz o'qiydirgan bo'ldi,- deydilar Nofi',-Bir kuni sahobai kiromlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ko'rgan tushlarini aytib, ta'birini so'rashdi. Ramazonning oxirgi 10 kunligining 7- nchi kechasi (Qadr kechasi) erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Nazarimda, barchangizning tushingiz Ramazonning oxirgi 10 kunligiga to'g'ri kelib qolibdir. Kimki Qadr kechasini kutib olmoqchi ersa, Ramazonning oxirgi 10 kunligida kutsin!» - dedilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling