Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Hajda Arafot tog'idan tushgandan keyin hayz ko'rib qolgan xotin


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

28-bob. Hajda Arafot tog'idan tushgandan keyin hayz ko'rib qolgan xotin 
haqida
Oisha onamiz Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasulalloh, Safiyya binti 
Huyay hayz ko'rib qoldi», dedilar. Rasululloh: «Hali u bizga Madinaga bormog'imizg'a 
xalal bermasa edi! Sizlar bilan birga tavof qilmaganmidi?» dedilar. «Ha, (tavof) qilgan 
edi», deyishdi. «Yo'lga chiqaversin, aytingiz!» dedilar Rasululloh.
Ibn Abbos: «Xotin kishi hayz ko'rib qolsa, (xayrlashuv tavofini qilmasdan) vataniga 
qaytmoqqa ruxsat berildi», dedilar.
Ibn Umar, ilgarilari: «Hayz ko'rib qolgan ayol (xayrlashuv tavofini qilmasdan) 
qaytmagay», der edilar, endi bo'lsa: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ularga 
ruxsat beribdilar, (xayralashuv tavofini qilmasdan) qaytaverar ekan», deydilar.
29-bob. Istihoza ko'radigan xotin tozalansa...
Ibn Abbos: «(Bunday ayol) g'usl qiladi, namoz o'qiydi, keyin eri ham yaqinlik qilavergay. 
Namoz ulug'dir», deganlar.
Oisha onamizdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Agar hayz ko'rsang, namoz 
o'qimoqni to'xtatgin, hayz tugasa, g'usl qilgin, tekkan qonni yuvib tashlagin, so'ngra 
namoz o'qiyvergin!» deganlar.
30-bob. Tug'olmay o'lgan xotinga janoza o'qish va uning sunnati
Samura ibn Jundubdan: «Bir xotin tug'olmay o'ldi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam 
janozani o'likning beli to'g'risida turib o'qidilar (xotin o'lsa, belining to'g'risida, erkak 
o'lsa, ko'kragi qarshisida turib janoza o'qiladi)».
31-bob. Hayz ko'rgan xotin makruh hisoblanmaydi
Abdulloh ibn Shaddoddan: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning xotinlari 
Maymuna xolam hayz ko'rganlarida, namoz o'qimas edilar. Xolam Rasululloh sollallohu 
alayhi va sallamning joynamozlari qarshisida cho'zilib yotsalar ham, u kishi namoz 
o'qiyverar edilar. Maymuna onamizning o'zlari bunday deganlar: «Rasululloh sajda 
qilganlarida kiyimlari qisman menga tegar edi».
(Imom Buxoriy shu hadisga tayanib, hayz ko'rgan xotin makruh hisoblanmay, unga 
tekkan narsa ham harom bo'lmas ekan, degan ma'noni tushuntiradilar).


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling