ILM KITOBI
1-bob. Ilm fazilati to'g'risida.
Olloh taolo oyati karimasida:" Olloh taolo sizlarning orangizdagi iymon
keltirganlarni va ilmni yuksaltirganlarni bu dunyoda yarlaqab,martabasini ulug'
qilg'aydir, oxiratda jannatga kirmoqlikni nasib etgusidir, Olloh taolo qilayotgan
ishlaringizdan xabardordir ",-deyilgan. Yana boshqa oyati karimada esa:"Yo
rabbiy,ilmimni ziyoda qilg'aysen,deb ayt! "-deyilgan.
2-bob. So'zga mashg'ul bo'lib turgan odamdan ilm(bilim) so'ralganda, uning
so'zni tamomlab, keyin javob berishi to'g'risida.
Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar:" Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bir
majlisda o'z qavmlariga so'z so'zlab turgan edilar. Bir a'robiy(badaviy) kelib:"Qiyomat
qachon?",-deb so'radi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam so'zlarida davom
etaverdilar.Ba'zi sahobalar:"Rasululloh uning so'zini eshitdilar-ku,lekin yoqtirmadilar
shekilli",-deb o'yladilar. Ayrimlari esa:"So'zini eshitmadilar",-deb o'yladilar. Rasululloh
sallolohu alayhi va sallam so'zlarini tugatgach:"Qiyomat to'g'risida so'ragan odam
qani?",-dedilar.A'robiy:"Mana men, yo Rasululloh",-dedi."Omonat(halollik) o'rtadan
ko'tarilganda qiyomatni kutaverg'il",-dedilar."Buni qanday bilsa bo'lur?"-dedi
a'robiy."Ishing(kuning) порок odamlarga qolganda qiyomatni kutavergil!",-dedilar".
3-bob. Biror ilmni(bilimni) baland ovoz bilan aytmoqning mumkinligi haqida.
Sahoba Abdulloh ibn Amr aytdilar:" Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bir safar
vaqtida bizdan orqada qoldilar.Asr namozi o'qiydigan vaqtda bizga yetib old ilar. Biz
tahorat olayotgan edik.Oyoqlarimizni suv bilan artayotganimizda(suzni kam ishlatish
maqsadida) Rasululloh baland ovoz bilan:"0't azobidan oyoq kaftlarning holiga voy!"-
deb uch marta nido qildilar".
4-bob. Hadis aytgan odamni(muhaddisni) "bizga hadis aytdi,habar berdi,habar
Do'stlaringiz bilan baham: |