Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Safni to'g'rilamagan (to'ldirmagan) kishining gunohi


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

75-bob. Safni to'g'rilamagan (to'ldirmagan) kishining gunohi
Bashir ibn Yasor rivoyat qiladirlar: «Anas raziyallohu anhu Basradan Madinaga keldi. 
Anasga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlaridan keyin bizdan qanday 
kamchilik topdingiz?»— deyishdi. Anas: «Sizlar safni to'g'rilab, to'ldirmas ekansizlar, 
bundan bo'lakxato topmadim»,— dedi. (Imom Buxoriy safni to'g'rilamoqni — vojib, 
mujtahid ulamolar ersa — sunnat deb hisoblag'aylar. Chunki Anas ularga namozni 
qaytarib o'qimakni buyurmadilar)».
76-bob. Safda oyoqni oyoqqa, yelkani yelkaga tegizib turmoq
Nu'mon ibn Bashir: «(Safda) har birimizning tavonimiz yonimizdagining tavoniga tegib 
turganining shohidi bo'lganman»,— deydilar.
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Safingizni to'g'rilab turingiz, men sizlarni teskari turib .ham ko'rg'aydirmen»,— degan 
erdilar. Biz, Rasulullohning davrlarida safda turganimizda har birimizing yelkamiz 
yonimizdagining yelkasiga, oyog'imiz oyog'iga tegib turar erdi».
77-bob. Agar iqtido qiluvchi kishi imomning chap yoniga kelib tursa, imom uni 
orqa tomonidan aylantirib, o'ng yoniga turg'izib qo'ysa, namoz buzilmaydir
Ibn Abbos quyidagi hadisni aytdilar: «Bir kuni tunda Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam birlan birga namoz o'qidim. O'shanda chap tomonlariga kelib turgan erdim. Janob 
Rasululloh meni boshimdan ushlab, orqa tomonlaridan aylantirib, o'ng yonlariga


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
turg'azib qo'ydilar. Namozdan keyin yonboshladilar, so'ng muazzin keldi, o'rinlaridan 
turib namoz o'qidilar, (qayta) tahorat olmadilar».
78-bob. Ayolning yakka o'zi bir saf bo'ladi
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men va oir yetim bola biznikida Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallamg'a iqtido qilib namoz o'qidik, onam Ummu Sulaym ersa 
orqamizda turib iqtido qildilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling