Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Peshin namozida qiroat qilmoq


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

94-bob. Peshin namozida qiroat qilmoq
Jobir ibn Sumra raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Sa'd raziyallohu anhu Hazrat 
O'marg.a: «Ularga imomlik qilganimda peshin va asr namozini Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam o'qiganlaridek qilib o'qiyotgan erdim. Hech narsani unutayotganim yo'q 
erdi. Avvalgi ikki rak'atni cho'zib, keyingi ikki rak'atni ersa qisqa qiroat qilayotgan 
erdim»,— dedi. Shunda Hazrat Umar: «Bu sening fikringdir»,— degan erdilar».
Abdulloh ibn Abu Qatodaning otalari naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam peshin namozining dastlabki ikki rak'atida Surai «Fotiha» birlan yana bitta sura 
o'qir erdilar. Birinchi rak'atni uzunroq, ikkinchi rak'atni ersa qisqaroq o'qir erdilar, goho


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
ba'zi oyatni eshittirib qiroat qilar erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam asr 
namozida ham, bomdod namozida ham Surai «Fotiha» birlan yana bitta sura o'qir 
erdilar, birinchi rak'atni uzoqroq, ikkinchi rak'atni ersa qisqaroq o'qir erdilar».
Abu Ma'mar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin va asr 
namozlarida qiroat qilarmidilar?»—deb Xabbondan so'radik. «На»,— dedi. «Buni qanday 
bilardingiz?» — dedik. «Soqollarining qimirlashidan»,— dedi».
95-bob. Asr namozida qiroat qilmoq
Abu Ma'mar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam asr va peshin 
namozlarida qiroat qilarmid ilar?»—deb Xabbondan so'radik. «На»,— dedi. «Buni qanday 
bilardingiz?»—dedik. «Soqollarining qimirlashidan» ,— dedi».
Abdulloh ibn Abu Qatodaning otalari Abu Qatoda naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam peshin va asrning dastlabki ikki rak'atida Surai «Fotiha» birlan yana 
bitta sura o'qir erdilar, goho ba'zi oyatni eshittirib qiroat qilur erdilar».
96-bob. Shomda qiroat qilmoq
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Onam Umm ul-FazI mening «Va-l-mursalotu urfan» 
surasini o'qiyotganimni eshitib: «Ey bolam, Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, shu 
surani o'qishing birlan bir narsani esimga tushirding. Bu sura men Raso'lulloh sallallohu 
alayhi va sallamdan eshitgan oxirgi suradir, uni shorn namozida o'qigan erdilar»,— 
dedilar».
Marvon ibn Hakam naql qiladirlar: «Zayd ibn Sobit menga: «Ne bo'ldi seyga, shorn 
namozida qisqa suralarni o'qiyotirsan? Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
eng uzun suralarni o'qiyotganlarini eshitganman»,— dedi».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling