Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
ichida o'qiladirgan namozlarda ham qiroat qilmogining vojibligi
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
ichida o'qiladirgan namozlarda ham qiroat qilmogining vojibligi
Jobir ibn Sumra rivoyat qiladirlar: «Kufa ahli Sa'd ustidan xalifa Umarga shiyoyat qilgakda Hazrat Umar uni amirlikdan bo'shatib, o'rniga Ammorni tayinlagan erdilar. O'shanda Kufa ahli Sa'dning har bir ishidan kir qidirib shiqoyat qilishgan erdi, hatto «Sa'd namozni yaxshi o'qimaydir»,— deb ham aytishgan erdy. Hazrat Umar Sa'dga odam yubordilar. Kelgach, unga: « Ey Abu Ishoq, Kufa ahli seni, namozni yaxshi o'qimaydir, deyishmoqda»,— dedilar. Abu Ishoq: «Ular ne desalar, deyaversinlar, ammo men Oyalohga qasam ichib ayturmenkim, ularga imomlik qilganimda Rasululloh Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy sallallohu alayhi va sallam nechuk namoz o'qigan bo'lsalar,o'shandoq namoz o'qiyotirman, biror narsani tushirib qoldirayotganim yo'q, ovoz chiqarib o'qiydirgan joyini ovoz chiqarib, ichida o'qiydirgan joyini ichimda qiroat qilayotirman, xufton namozining dastlabki ikki rak'atida uzoqroq turg'ayman, keyingi ikki rak'atida ersa ozroq turg'ayman»,—dedi. Hazrat Umar: «Bu sening fikringdir»,— deb u birlan birga bir kishini (yoki bir necha kishini) Kufaga yubordilar. Sa'd birlan birga borgan kishi Kufaning har bir masjidiga kirib, ahlidan Sa'd xususida so'radi, hamma Sa'dni maqtadi. Lekin, Baniy Abas masjidiga kirganlarida bir kishi (ismi — Usoma ibn Qatoda, kunyasi — Abu Sa'da) o'rnidan turib: «Ammo, Ollohni o'rtaga qo'yib bizdan so'rar erkansan, to'g'risini aytmoq kerak. Sa'd kichik harbiy qism birlan urushga bormaydir, faqat yirik qismlar birlan boradir. O'ljalarni teng bo'lishmaydir, adolatli hukm chiqarmaydir»,— deb aytdi. Bunga javoban Sa'd: «Ollohga qasam ichib ayturmenkim, seni uch marta duoi bad qilg'ayman. Ilohi, agar shu bandang yolgon so'zlayotgan bo'lsa-yu, shuhrat uchun riyo yo'liga kirgan bo'lsa, uning umrini uzun qilib, faqirligini (muhtojligini) ziyoda etg'il, boshi sira fitnalardan chiqmasin!» — dedi. Keyinchalik Ibn Qatodani ko'rib, undan hol-ahvol so'rasam: «Men baloga giriftor bo'lgan bir keksa cholman. Menga Sa'dning duoi badi urdi»,—deb aytdi. Abdumalik menga: «Keyinchalik men ham uni ko'rdim. Keksaligidan qoshlari o'sib ketgan, hatto ko'zlarini ham yopib turibdir, o'zi ersa yo'lda uchragan qiz- juvonlarga ko'z qisadir»,— dedi». Uboda ibn Somit raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Alhamduni (Fotiha surasini) o'qimagan kishining namozi namoz ermas! deganlar»,— deydilar. Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga kirdilar. Ketlaridan bir kishi ham masjidga kirib namoz o'qidi. Namozdan so'ng Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga salom berdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam salomiga alik olib: «Qayta namoz o'qig'il, chunkim sen namoz o'qimading!»— dedilar. U joyiga qaytib borib avvalgidek namoz o'qidi. So'ng kelib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga salom berdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yana: «Qaytg'il, qayta boshdan namoz o'qig'il, chunkim sen namoz o'qimading!»— dedilar. Uch marta shunday qildilar. U kishi oxiri: «Sizni haq payg'ambar qilib yuborgan Ollohga qasam ichib ayturmenkim, bundan yaxshiroq o'qiy olmasmen. Menga o'rgating»,— dedi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Avval takbiri tahrima aytg'il, so'ng Qur'ondan bilganlaringni o'qig'il, keyin shoshmasdan ruku' qilg'il. Ruku'da bir oz tin olg'il, keyin qaddingni yaxshilab tiklag'il, so'ng sajda etg'il, bir oz tin olg'il, so'ngra sajdadan turib o'tirg'il, yana bir oz tin olg'il. Namozingning qolganini ham xuddi shundoq qilib o'qig'il!»— deb aytdilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling