101-bob. Namozxon xuftonning dastlabki ikki rak'atida uzunroq, keyingi ikki
rak'atida esa qisqaroq qiroat qiladir
Abu Avnga Jobir ibn Sumra bunday deb aytgan ekanlar: «Hazrat Umar: «Sa'd, sening
ustingdan har bir narsa to'g'risida, hatto namoz to'g'risida ham shikoyat qildilar»,—
dedilar. Sa'd: «Ammo men dastlabki ikki rak'atda uzunroq, keyingi ikki rak'atda ersa
qisqaroq qiroat qilg'ayman. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iqtido qilib
o'qiganimdek o'qiyotirman»,— dedi. «To'g'ri aytding, bu o'zing haqqingdagi fikringdir»
yokim «Bu mening sen to'g'ringdagi fikrimdir»,— dedilar Hazrat Umar».
102-bob. Bomdod namozida qiroat qilmoq
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «At-Тиг» surasini qiroat qildilar»,— deydilar
Ummu Salama raziyallohu anho.
Yasor ibn Saloma rivoyat qiladirlar: «Men va otam ikkimiz Abu Barza Aslamiy
huzurlariga kirib namoz vaqtlari to'g'risida so'radik. Ul kishi bunday dedilar: «Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam peshin namozini kun oqqanda o'qir erdilar. Asrni o'qib
bo'lganlaridan keyin, agar kishi shaharning eng chekkasiga borsa, hali Quyoshning
harorati pasaymagan bo'lur erdi (Abu Barza shorn to'g'risida ne deganlarini bilmasman,
yodimdan ko'tarilibdir). Tunning uchdan bir qismi o'tguncha kutib o'tirmay xuftonni o'qib
olar erdilar. Xuftondan avval uxlamakni va xuftondan keyin so'zlashib o'tirmakni
yoqtirmas erdilar. Namozi bomdodni o'qib bo'lganlarida kishi yonidagi sherigini
taniydirgan darajada yorug' bo'lur erdi. Bomdodning ikkala rak'atida yokim bir
rak'atining o'zida 60 dan 100 tagacha oyat o'qir erdilar».
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Har bir namozda Qur'on o'qilg'aydir. Janob Rasululloh
bizga nelar degan bo'lsalar, hammasini sizlarga yetkazdik, neni bizga aytmagan
bo'lsalar, o'shani biz ham sizlarga aytmadik. Surai «Fotiha» ga boshqa surani zam
qilmasangiz ham bo'lg'aydir, biroq zam qilsangiz, nur ustiga a'lo nur!».
Do'stlaringiz bilan baham: |