Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Bomdod namozini ovoz chiqarib qiroat qilmoq
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
103-bob. Bomdod namozini ovoz chiqarib qiroat qilmoq
Ummu Salama aytadirlar: «Odamlarga ergashib Ka'batullohni tavof qildim. Rasululloh Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy sallallohu alayhi va sallam ersalar bomdod namozini o'qiyotib, «At-Тиг» surasini qiroat qilayotgan erdilar». Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir jamoa sahobalar birlan birga Ukoz bozoriga bormakni niyat qilib chiqdilar. (Shu payt) shaytonlar bilan osmondan keladirgan xabar yo'li oralig'i to'sildi, osmonga quloq solmoqchi bo'lgan shaytonlarga o't otildi. Shaytonlar bir-birlariga: «Osmondan keladirgan xabar yo'lining to'silib qolganiga faqat yerda biror hodisa ro'y berganligi sabab bo'lmog'i mumkin. Yerni Mag'ribdan Mashriqqacha aylanib ko'ringlar-chi, nega osmondan keladirgan xabar yo'li bizga to'sib qo'yilgan erkan?» — deyishdi. Tuhoma tog'i tomon yo'llangan shaytonlar u yerdan qaytayotib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni Nahla degan joyda sahobalar birlan bomdod namozini o'qiyotganlarida uchratib qolishdi. Shaytonlar Qur'onni eshitib: «Xudo haqqi, osmondan keladirgan xabar yo'lini bizdan to'sib turgan narsa xuddi mana shuldir»,— deb o'z qavmlari oldiga qaytib ketishdi. Yetib borishgach: «Ey qavmimiz, biz to'g'ri yo'lga chorlovchi ajoyib Qur'on eshitdik, unga iymon keltirdik, rabbimizga hech bir shirk keltirmaymiz»,— dedilar. Shunda Olloh taolo Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga «Qul uhiya ilayya» deb boshlanadirgan «Jin surasini» nozil qildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga jinlar aytgan gaplar ham vahiy qilindi». Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozning ovoz chiqarib o'qish buyurilgan joyini ovoz chiqarib o'qidilar, buyurilmagan joyini ichlarida o'qidilar. Olloh taoloning «Va mo kona rabbuka nasiyyan»—«Rabbingiz unutg'uvchi ermasdir» (ushbu oyatda Olloh taolo namozning qaerini ovoz chiqarib va qaerini ovoz chiqarmay o'qimoq, kerakligini Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ayon qildi) hamda «Laqad kona lakum fi rasulillohi usvatan hasanatan» —«Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sizlarga yaxshi ibratlari bordir» (ushbu oyatda Olloh taolo Dini islomni faqatgina Qur'on birlan ermas, balkim Rasulullohning qilmishlari birlan ham mukammal qilajagini aytadir) degan oyatlari mana shu xususdadir». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling