Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Farz namozining oxirgi ikki rak'atida surai «Fotiha» ni o'qimoq


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

105-bob. Farz namozining oxirgi ikki rak'atida surai «Fotiha» ni o'qimoq
Abdulloh ibn Abu Qatodaning otalari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam peshinning avvalgi ikki rak'atida Surai «Fotiha» birlan yana ikki surani va keyingi 
ikki rak'atida Surai «Fotiha» ning o'zini o'qir erdilar. (Ba'zi bir) oyatni bizga eshittirib 
o'qir erdilar. Birinchi 'rak'atni cho'zib, ykkinchi rak'atni ersa qisqaroq. o'qir erdilar. 
Namozi asrda ham bomdodda ham shunday qilur erdilar».
106-bob. Peshin va asrni ovoz chiqarmay o'qish
Abu Ma'mar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin va asr 
namozlarida ham qiroat q ilarmid ilar?» — dedim Xabbobga. «На»,— dedi. «Qandoq bilur 
erding?»—dedik. «Soqollarining qimirlaganidan»,— dedi Xabbob».
107-bob. Imom (ba'zi) oyatni eshittirib o'qisa...
Abdulloh ibn Abu Qatodaning otalari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam peshin va asr namozlarining avvalgi ikki rak'atida Surai «Fotiha» birlan yana bitta 
sura o'qir erdilar, goho oyatni bizga eshittirib o'qir erdilar. Birinchi rak'atda uzunroq o'qir 
erdilar».
108-bob. Namozxon birinchi rak'atda uzunroq qiroat qilg'aydir
Abu Qatodaning otalari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin 
namozining birinchi rak'atida uzunroq, ikkinchi rak'atida ersa qisqaroq qiroat qilur 
erdilar. Bomdod namozida ham shundoq qilur erdilar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
109-bob. Imomning «Omin» deb eshittirib aytmog'i
Ato raziyallohu anhu: «Omin — duodir»,— deganlar. Abdulloh ibn Zubayr: «Omin»,— 
dedilarva orqalaridagilar ham: «Omin»,— deyishdi, hatto masjid jannatdek gurkirab 
ketdi. Abu Hurayra raziyallohu anhu imomga: «Ominni shoshilib aytmangiz!» — derdilar. 
«Ibn Umar «Omin»da yaxshilik (savob, fazilat) bor, deb aytur erdi»,— deydilar Nofi'.
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Imom «omin» 
desa, sizlar ham «omin» deb aytingiz, chunkim kimning «omin» degani maloikalarning 
«omin» deganiga to'g'ri kelg'aydir, qilgan gunohlari kechirilg'aydir»,— deganlar. Ibn 
Zuhriy: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «omin» der erdilar»,— deydilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling