Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
99-bob. Xufton namozida (sura) qiroat qilib sajda qilmoq
Abu Rofi' rivoyat qiladirlar: «Abu Hurayra birlan birga xufton namozini o'qidim.
Ul xufton
namozida «Iza-s-samounshaqqat» surasini o'qidi, so'ng sajda qildi. Shunda unga: «Bu
nesidur?» — dedim. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xuftonda imomlik
qilganlarida shu surani o'qib
sajda qilgan erdilar, men iqtido qilib sajda etgan erdim.
Endi qiyomatda ul kishi birlan uchrashgunimizcha shu surani o'qib sajda
qilaverg'ayman»,— dedilar».
100-bob. Xufton namozida qiroat qilmoq
Adiyga Barro bunday debdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xufton
namozida «Va-t-tiyn va-z-zaytun» surasini o'qiganlarini eshitdim.
Rasululloh sallallohu
alayhi va sallamdan ko'ra ovozi yokim qiroati yaxshiroq kishini ko'rmaganman».
Do'stlaringiz bilan baham: