Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Namoz o'qiyotib u yoq, bu yoqqa alanglashning makruhligi


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

91-bob. Namoz o'qiyotib u yoq, bu yoqqa alanglashning makruhligi
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Namoz o'qiyotib u yoq, bu yoqqa alanglamoq to'g'risida 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so'radim. .Janob Rasululloh: «Bu — 
shaytonning bandaning namozidan bir changal (o'g'irlab) olmog'idir!»—dedilar».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam guldor qamisa 
kiyib namoz o'qidilar. So'ng: «Bu kiyimning gullari dilimni mashgul qildi (meni alaxsitdi). 
Buni Abu Jahmga olib borib beringiz, o'rniga anbijoniyya (ko'ylak) olib keIingiz!»— 
dedilar».
92-bob. Namozxon namoz vaqtida sodir bo'lgan biror ishga e'tibor beradimi 
yoki naq qibla tomondagi biror narsaga qaraydimi?
«Abu Bakr o'girilib qaragan erdilar, yonlarida Janob Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamni ko'rdilar»,— deydilar Sahl raziyallohu anhu.
Ibn Umar naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jamoat oldida namoz 
o'qiyotib, masjidning qibla tomoni devoridagi tupukka ko'zlari tushdi. Darrov uni qirib 
tashladilar. Namoz tugagach: «Qaysi biringiz namoz o'qiyotgan ersangiz, Olloh taolo old 
tomoningizda bo'lg'aydir. Shuning uchun hech biringiz old tomonga tupurmangiz!» — 
dedilar».
Anas ibn Molik naql qiladirlar: «Sahobalar namozi bomdod o'qishayotganda Janob 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Oisha onamizning hujralari pardasini ochib
ularga tabassum qilib qarab qo'yganlari sahobalarni taajjubga soldi. Abu Bakr, Janob 
Rasulullohni namozga chiqmoqchilar, deb o'ylab joy bo'shatmoqchi bo'ldilar. Janob 
Rasululloh sahobalar namozni to'xtatmoqchi bo'layotganlarini payqab, «Namrzni davom 
ettiringiz!» — deb ishora qildilar-da, pardani yopib qo'ydilar. Shu kunning oxiriga borib 
Janob Rasululloh vafot etdilar».
93-bob. Imom va unga iqtido qilg'uvchilarning barcha namozlarda — safarda va 
safarda bo'lmagan paytda o'qiladirgan namozlarda ham, ovoz chiqarib va 

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling