Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Bir rak'atda ikki surani jam qilib o'qimoq; suraning oxirgi oyatlarini


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

104-bob. Bir rak'atda ikki surani jam qilib o'qimoq; suraning oxirgi oyatlarini 
o'qimoq; suraning kattasidan avval kichigini o'qimoq hamda suraning dastlabki 
oyatlarini o'qimoq
Abdulloh ibn Soib rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod 
namozida «Mu'minun» surasini o'qidilar. Muso va Horun yokim Iso to'g'risidagi oyatga 
kelgan vaqtlarida ul kishini yo'tal tutgan erdi, ruku' qildilar (bu — suraning ba'zi bir 
qismini zam qilmoq mumkinligini bildiradir). Umar raziyallohu anhu birinchi rak'atda 
«Baqara» dan 120 oyat o'qidilar, ikkinchi rak'atda ersa (7 ta katta suradan tashqari) 
bitta sura (100 oyatga yaqin) o'qidilar. Ahnaf ibn Qays raziyallohu anhu birinchi rak'atda 
«Kahf» surasini, ikkinchi rak'atda ersa «Yusuf» yokim «Yunus» surasini o'qidilar.
Ahnaf Hazrat Umar birlan birga bomdod namozida shu ikki surani o'qiganini aytdi. Ibn 
Mas'ud raziyallohu anhu birinchi rak'atda «Anfol» surasidan 40 oyat, ikkinchi rak'atda 
ersa «Tivolk mufassal» dan bir sura o'qidilar. «Bir surani ikki rak'atga bo'lib yokim bir 
surani ikki rak'atda takroran o'qimoq joizdir, zero bularninS har biri Ollohning 
kitobidir»,— deydilar.
Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Ansoriylardan bir kishi Qubo masjidida imomlik


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
qilur erdi. Ul har safar namozda bir sura qo'shib o'qiydirgan bo'lsa, «Qul huvallohu 
ahad» ni o'qir erdi. Agar undan keyin yana bir sura o'qiydirgan bo'lsa, unga ham «Qul 
huvallohu ahad» ni qo'shib o'qir erdi. Har bir rak'atda shunday qilur erdi. Shunda uning 
qavmi: «Siz namozni doimo «Ixlos» surasi birlan boshlaysiz. Shuning o'zi kifoya 
qilmag'aydir, deb o'ylaysizmi? Nechun unga yana bir sura qo'shg'aysiz? «Ixlos» 
surasining o'zinigina yokim uning o'rniga boshqa bir surani o'qisangiz bo'lmag'aymi?» — 
deyishdi. Ul kishi: «Men bunday qila olmasman. Agar meni yaxshi ko'rsangiz, shunga 
ko'ng'aysiz, aks holda men sizlarga imomlik qilmasman»,— dedi.
Qavmi uni juda yaxshi ko'rar va ul kishidan bo'lak kishining imom bo'lmog'ini istamas 
erdi. Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam o'sha qavmning qishlog'iga borganlarida bu 
haqda ma'lum qilishdi. Janob Rasululloh: «Ey falonchi, qavming buyurgan ishni 
qilmog'ingga ne monelik qilur, ne sababdin har rak'atda shul surani o'qig'aysen?» — 
dedilar. «Men shul surani yaxshi ko'rg'aymen»,— deb aytdi imom. «Bul suraga nisbatan 
bo'lsan muhabbating seni jannatga kiritg'usidir»,— dedilar Janob Rasululloh».
Abu Voil rivoyat qiladirlar: «Bir kishi, Ibn Mas'udning huzurlariga kelib: «Kechki 
namozning bir rak'atida «Mufassal» dagi suralarning hammasini o'qidim»,— dedi.
Shunda Ibn Mas'ud unga: «Bu qilganing yaxshi ermas, unda, she'rni sharillatib 
o'qigandek o'qibdirsan-da! Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir-biriga qo'shib 
o'qiydirgan o'xshash suralarni bilur erding-ku?!» deb, «Mufassal» dagi har rak'atda 2 
tasi o'qiladirgan 20 ta surani eslatdilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling