Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Namozxon xuftonning dastlabki ikki rak'atida uzunroq, keyingi ikki


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

101-bob. Namozxon xuftonning dastlabki ikki rak'atida uzunroq, keyingi ikki 
rak'atida esa qisqaroq qiroat qiladir
Abu Avnga Jobir ibn Sumra bunday deb aytgan ekanlar: «Hazrat Umar: «Sa'd, sening 
ustingdan har bir narsa to'g'risida, hatto namoz to'g'risida ham shikoyat qildilar»,— 
dedilar. Sa'd: «Ammo men dastlabki ikki rak'atda uzunroq, keyingi ikki rak'atda ersa 
qisqaroq qiroat qilg'ayman. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iqtido qilib 
o'qiganimdek o'qiyotirman»,— dedi. «To'g'ri aytding, bu o'zing haqqingdagi fikringdir» 
yokim «Bu mening sen to'g'ringdagi fikrimdir»,— dedilar Hazrat Umar».
102-bob. Bomdod namozida qiroat qilmoq
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «At-Тиг» surasini qiroat qildilar»,— deydilar 
Ummu Salama raziyallohu anho.
Yasor ibn Saloma rivoyat qiladirlar: «Men va otam ikkimiz Abu Barza Aslamiy 
huzurlariga kirib namoz vaqtlari to'g'risida so'radik. Ul kishi bunday dedilar: «Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam peshin namozini kun oqqanda o'qir erdilar. Asrni o'qib 
bo'lganlaridan keyin, agar kishi shaharning eng chekkasiga borsa, hali Quyoshning 
harorati pasaymagan bo'lur erdi (Abu Barza shorn to'g'risida ne deganlarini bilmasman, 
yodimdan ko'tarilibdir). Tunning uchdan bir qismi o'tguncha kutib o'tirmay xuftonni o'qib 
olar erdilar. Xuftondan avval uxlamakni va xuftondan keyin so'zlashib o'tirmakni 
yoqtirmas erdilar. Namozi bomdodni o'qib bo'lganlarida kishi yonidagi sherigini 
taniydirgan darajada yorug' bo'lur erdi. Bomdodning ikkala rak'atida yokim bir 
rak'atining o'zida 60 dan 100 tagacha oyat o'qir erdilar».
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Har bir namozda Qur'on o'qilg'aydir. Janob Rasululloh 
bizga nelar degan bo'lsalar, hammasini sizlarga yetkazdik, neni bizga aytmagan 
bo'lsalar, o'shani biz ham sizlarga aytmadik. Surai «Fotiha» ga boshqa surani zam 
qilmasangiz ham bo'lg'aydir, biroq zam qilsangiz, nur ustiga a'lo nur!».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling