Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


ichida o'qiladirgan namozlarda ham qiroat qilmogining vojibligi


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

ichida o'qiladirgan namozlarda ham qiroat qilmogining vojibligi
Jobir ibn Sumra rivoyat qiladirlar: «Kufa ahli Sa'd ustidan xalifa Umarga shiyoyat 
qilgakda Hazrat Umar uni amirlikdan bo'shatib, o'rniga Ammorni tayinlagan erdilar. 
O'shanda Kufa ahli Sa'dning har bir ishidan kir qidirib shiqoyat qilishgan erdi, hatto 
«Sa'd namozni yaxshi o'qimaydir»,— deb ham aytishgan erdy. Hazrat Umar Sa'dga 
odam yubordilar. Kelgach, unga: « Ey Abu Ishoq, Kufa ahli seni, namozni yaxshi 
o'qimaydir, deyishmoqda»,— dedilar. Abu Ishoq: «Ular ne desalar, deyaversinlar, ammo 
men Oyalohga qasam ichib ayturmenkim, ularga imomlik qilganimda Rasululloh


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
sallallohu alayhi va sallam nechuk namoz o'qigan bo'lsalar,o'shandoq namoz 
o'qiyotirman, biror narsani tushirib qoldirayotganim yo'q, ovoz chiqarib o'qiydirgan joyini 
ovoz chiqarib, ichida o'qiydirgan joyini ichimda qiroat qilayotirman, xufton namozining 
dastlabki ikki rak'atida uzoqroq turg'ayman, keyingi ikki rak'atida ersa ozroq 
turg'ayman»,—dedi. Hazrat Umar: «Bu sening fikringdir»,— deb u birlan birga bir kishini 
(yoki bir necha kishini) Kufaga yubordilar. Sa'd birlan birga borgan kishi Kufaning har bir 
masjidiga kirib, ahlidan Sa'd xususida so'radi, hamma Sa'dni maqtadi. Lekin, Baniy Abas 
masjidiga kirganlarida bir kishi (ismi — Usoma ibn Qatoda, kunyasi — Abu Sa'da) 
o'rnidan turib: «Ammo, Ollohni o'rtaga qo'yib bizdan so'rar erkansan, to'g'risini aytmoq 
kerak. Sa'd kichik harbiy qism birlan urushga bormaydir, faqat yirik qismlar birlan 
boradir. O'ljalarni teng bo'lishmaydir, adolatli hukm chiqarmaydir»,— deb aytdi. Bunga 
javoban Sa'd: «Ollohga qasam ichib ayturmenkim, seni uch marta duoi bad qilg'ayman. 
Ilohi, agar shu bandang yolgon so'zlayotgan bo'lsa-yu, shuhrat uchun riyo yo'liga kirgan 
bo'lsa, uning umrini uzun qilib, faqirligini (muhtojligini) ziyoda etg'il, boshi sira 
fitnalardan chiqmasin!» — dedi. Keyinchalik Ibn Qatodani ko'rib, undan hol-ahvol 
so'rasam: «Men baloga giriftor bo'lgan bir keksa cholman. Menga Sa'dning duoi badi 
urdi»,—deb aytdi. Abdumalik menga: «Keyinchalik men ham uni ko'rdim. Keksaligidan 
qoshlari o'sib ketgan, hatto ko'zlarini ham yopib turibdir, o'zi ersa yo'lda uchragan qiz- 
juvonlarga ko'z qisadir»,— dedi».
Uboda ibn Somit raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Alhamduni 
(Fotiha surasini) o'qimagan kishining namozi namoz ermas! deganlar»,— deydilar.
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
masjidga kirdilar. Ketlaridan bir kishi ham masjidga kirib namoz o'qidi. Namozdan so'ng 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga salom berdi. Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam salomiga alik olib: «Qayta namoz o'qig'il, chunkim sen namoz o'qimading!»— 
dedilar. U joyiga qaytib borib avvalgidek namoz o'qidi. So'ng kelib Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallamga salom berdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yana: «Qaytg'il, 
qayta boshdan namoz o'qig'il, chunkim sen namoz o'qimading!»— dedilar. Uch marta 
shunday qildilar. U kishi oxiri: «Sizni haq payg'ambar qilib yuborgan Ollohga qasam 
ichib ayturmenkim, bundan yaxshiroq o'qiy olmasmen. Menga o'rgating»,— dedi. Janob 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Avval takbiri tahrima aytg'il, so'ng Qur'ondan 
bilganlaringni o'qig'il, keyin shoshmasdan ruku' qilg'il. Ruku'da bir oz tin olg'il, keyin 
qaddingni yaxshilab tiklag'il, so'ng sajda etg'il, bir oz tin olg'il, so'ngra sajdadan turib 
o'tirg'il, yana bir oz tin olg'il. Namozingning qolganini ham xuddi shundoq qilib 
o'qig'il!»— deb aytdilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling