Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
ba'zi oyatni eshittirib qiroat qilar erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam asr
namozida ham, bomdod namozida ham Surai «Fotiha» birlan yana bitta sura o'qir
erdilar, birinchi rak'atni uzoqroq, ikkinchi rak'atni ersa qisqaroq o'qir erdilar».
Abu Ma'mar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin va asr
namozlarida qiroat qilarmidilar?»—deb Xabbondan so'radik. «На»,— dedi. «Buni
qanday
bilardingiz?» — dedik. «Soqollarining qimirlashidan»,— dedi».
95-bob. Asr namozida qiroat qilmoq
Abu Ma'mar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam asr va peshin
namozlarida qiroat qilarmid ilar?»—deb Xabbondan so'radik. «На»,— dedi. «Buni qanday
bilardingiz?»—dedik. «Soqollarining qimirlashidan» ,— dedi».
Abdulloh ibn Abu Qatodaning otalari Abu Qatoda naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam peshin va asrning dastlabki ikki rak'atida Surai «Fotiha» birlan yana
bitta sura o'qir erdilar, goho ba'zi oyatni eshittirib qiroat qilur erdilar».
96-bob. Shomda qiroat qilmoq
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Onam Umm ul-FazI mening «Va-l-mursalotu urfan»
surasini o'qiyotganimni eshitib: «Ey bolam, Ollohga
qasamyod qilib ayturmenkim, shu
surani o'qishing birlan bir narsani esimga tushirding. Bu sura men Raso'lulloh sallallohu
alayhi va sallamdan eshitgan oxirgi suradir, uni shorn namozida o'qigan erdilar»,—
dedilar».
Marvon ibn Hakam naql qiladirlar: «Zayd ibn Sobit menga: «Ne bo'ldi seyga,
shorn
namozida qisqa suralarni o'qiyotirsan? Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning
eng uzun suralarni o'qiyotganlarini eshitganman»,— dedi».
Do'stlaringiz bilan baham: