Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Muhammad alayhissalomga. hidoyat qilgan maslakdan boshqa maslakda ketasan»,—
dedilar».
118-bob. Ruku'da belni tekis bukmoq
Abu Humayd: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir jamoa birodarlari huzurida ruku'
qilganlarida byollarini tekis qilib bukdilar»,— debdilar.
119-bob. Ruku'ning mukammallik va tekislik chegarasi hamda uning
to'g'riligidan qanoat hosil qilmoq
Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
ruku'lari, sajdalari, ikki sajda orasidagi o'tirishlari, ruku'dan bosh ko'tarib,
qomatni
rostlashlariga (qiyomga) deyarli bir xil vaqt sarflar erdilar».
120-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ruku'ni mukammal qilmagan
odamga namozni qaytarib o'qishni buyurdilar
Abu Hurayra naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga kirdilar,
ketlaridan bir kishi ham kirib namoz o'qidi. Keyin kelib Janob Rasululloh
sallallohu alayhi
va sallamga salom berdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam salomiga alik olib:
«Borg'il, qaytadan o'qig'il, chunkim namoz o'qimading!»— dedilar. Boyagi kishi 3 marta
qaytadan namoz o'qidi, so'ng kelib: «Sizni haq din birlan yuborgan
Ollohga qasam ichib
ayturmenkim, bundan yaxshi qilolmayman. Menga o'rgatingiz!» — dedi. Janob
Rasululloh: «Namoz o'qisang, avval takbiri tahrima aytg'il, keyin Qur'ondan
bilganlaringni o'qig'il, so'ng shoshilmasdan astoydil ruku' qilg'il,
keyin turib astoydil
qaddingni rostlag'il, undan so'ng astoydil sajda qilg'il, keyin astoydil sajdadan bosh
ko'targ'il, so'ng astoydil o'tirg'il, so'ng astoydil sajda qilg'il,
keyin namozingning qolgan
qismini ham shunday davom ettirg'il!»—dedilar».
Do'stlaringiz bilan baham: