Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Imomning takbirini odamlarga eshittirib turgan kishi
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 68-bob. Bir kishi imomga, odamlar ersa unga iqtido qilmogi xususida
67-bob. Imomning takbirini odamlarga eshittirib turgan kishi
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam og'ir yotganlarida Bilol namozga chaqirib keldi. Shunda Rasululloh: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoatga imomlik qilsin!» — dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, Abu Bakr ko'ngli bo'sh odamdirlar, ul kishi sizning o'rningizda imomlik qilsalar, odamlar yig'ilaridan qiroatlarini eshitolmay qolg'aydir, yaxshisi Umarga buyuringiz!» — dedim. Janob Rasululloh: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoatga imomlik qilsin!»— deb qaytarib aytdilar. Men Hafsaga: «Abu Bakr ko'ngli bo'sh odamdirlar, o'rningizda tursalar, yig'ilaridan odamlar Qiroatlarini eshitmay qolg'aydirlar, Umarga buyura qolingiz, deb Rasulullohga aytg'il!»— dedim. Rasululloh: «Sizlar Yusuf alayhissalom qissasidagi xotinlar singaridirsizlar. Buyuringiz Abu Bakrga, jamoatga imomlik qilsin!»—dedilar. Abu Bakr namozni boshlagach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yengil tortdilar. Keyin, ikqi kishi yordamida oyoqlarini zo'rg'a bosib masjidga chiqdilar. Abu Bakr Rasulullohning sharpalarini sezib joy bo'shatmoq uchun orqaga tisarila boshladilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «O'rningdan qimirlamag'il!» — deb ishora qildilar. Rasululloh sallallohu alay hi va sallam Abu Bakrning chap yonlariga kelib o'tirdilar. Abu Bakr tik turib o'qidilar. Janob Rasululloh o'tirgan hollarida o'qidilar. Abu Bakr Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning aytayotgan takbirlarini odamlarga eshittirib turdilar». 68-bob. Bir kishi imomga, odamlar ersa unga iqtido qilmog'i xususida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Siz menga iqtido qilingiz, sizga orqangizdagilar iqtido qilsinlar!»— deganlari xususida quyidagi hadis zikr qilinadi: Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam og'ir yotganlarida Bilol ul kishini namozga chaqirib keldi. Janob Rasululloh: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoat oldiga o'tib imomlik qilsin!» — dedilar. Men: «Yo Rasululloh, Abu Bakr ko'ngli bo'sh odamdirlar, ul kishi sizning o'rningizda imomlik qilsalar, yig'ilaridan odamlar qiroatlarini eshitolmay qolg'aydirlar, yaxshisi Umarga buyura qolingiz!»—dedim. Janob Rasululloh: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoatga imomlik qilsin!»—dedilar. Shunda men Hafsaga: «Abu Bakr ko'ngli bo'sh odamdirlar, o'rningizga imomlik qilsalar, yig'lab yuboradilar, odamlar qiroatlarini eshitolmag'aydirlar, Umarga buyura qolingiz, deb Rasulullohga aytg'yl!» — dedim. Rasululloh: «Sizlar Yusuf alayhissalom qissasidagi xotinlarga o'xshaydirsizlar, buyuringiz, Abu Bakr jamoatga imomlik qilsin!»—dedilar. Abu Bakr imomlik qilmoqqa kirishgach, Rasululloh yengil tortdilar, so'ng ikki kishi ko'magida oyoqlarini sudrab bosib masjidga chiqdilar. Abu Bakr Janob Rasulullohning kelayotganlarini sezib, joy bo'shatmoqchi bo'ldilar. Rasululloh: «Urningda turaverg'il!»— deb ishora qildilar. Rasulullohni Abu Bakrning chap yonlariga olib borib o'tqazishdi. Rasululloh o'tirgan hollarida imomlik qildilar, Abu Bakr ul kishiga, odamlar ersa Abu Bakrga iqtido kildilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling