59-bob. Kishining imomlik qilaman degan niyati bo'lmasa-yu, odamlar kelib
unga iqtido qilinsa...
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Maymuna xolamnikida tunab qoldim. Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam kechasi turib namoz o'qidilar. Men ham turib u kishi birlan o'qidim.
Chap tomonlarida turgan erdim, belimdan ushlab o'ng tomonlariga o'tkazib qo'ydilar»
60-bob. Agar imom namoznm cho'zib yuborsa-yu, iqtido qilg'uvchining biror
hojati bo'lsa, u safdan chiqib, o'zi o'qib olsa...
Jobir ibn Abdulloh naql qiladirlar: «Muoz ibn Jabal Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
birlan birga xuftonni o'qib, so'ng borib qavmiga imomlik qilur erdi. (Bir kuni) xuftonda
qavmiga ymomlik qilayotib Surai Baqarani zam qildi. Shunda bir kishi safdan ajralib
chiqdi-da, o'zi alohida namoz o'qib, ketdi. Muoz u kishini yomonlagandek bo'ldi. Buni
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yetkazdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi
va sallam Muozga: «Sen fitnachidirsan, fitnachidirsan, fitnachidirsan!» yoki «Bunaqa
holda fitnachi bo'lib qolg'aysan, fitnachi bo'lib qolg'aysan, fitnachi bo'lib qolg'aysan!»—
deb uch marta aytdilar-da, bundan keyin (o'lchami) o'rtacharoq ikkita surani zam
qilmakni buyurdilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam buyurgan o'sha suraning
qaysi ekanligini eslay olmayotirman»,— deydilar Amr raziyallohu anhu».
61-bob. Imomning qiyomni yengilroq, ruku' va sujudni to'laroq qilmog'i
xususida
Abu Mas'ud rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Men,
falonchi imom namozni cho'zib yuborayotgani uchun namozi bomdodga
bormayotirman»,— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning va'z aytayotganlarida
o'sha kundagidan ko'ra g'azablanganroq holatlarini ko'rmaganman. Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam o'shanda: «Sizlarning oralaringizda odamlarni jamoat namozidan
bezdirayotganlar bordir. Qay biringiz jamoatga imomlik qilgaydirsiz, namozni
osonlashtiringiz, chunkim namozxonlar orasinda zaif, kasalmand, keksa va ishi zarur
odamlar bordir!» — dedilar».
Do'stlaringiz bilan baham: |