Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Imomga iqtido etib namoz o'qiyotgan odam qachon sajda qiladir?


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

52-bob. Imomga iqtido etib namoz o'qiyotgan odam qachon sajda qiladir?
Anas raziyallohu anhu: «Imom sajda qilsa, sajda qilingiz!» — deydilar.
Abdulloh ibn Yazid: «Quyidagini menga Barro aytib bergan erdi, ul hech yolg'on 
so'zlamaydir»,— deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Sami'allohu liman 
hamidahu» deb sajdaga bormagunlaricha, birontamiz sajdaga bormas erdik, keyin sajda 
qilar erdik».
53-bob. Imomdan avval boshini ko'targan odamning gunohi
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Oralaringizda kimdir imomdan avval boshini ko'targaydir, uning boshini Olloh taolo 
eshakning boshiga yokim ko'rinishini eshakning ko'rinishiga aylantirib qo'ymog'idan 
qo'rqmag'aymi (qo'rqmag'aydirmi)?» — dedilar».
54-bob. Qul yoki ozod qilingan qulning imomlikka o'tmog'i haqida
Oisha onamizga Zakvon degan qullari imomlik qilur erdi, Qur'onga ko'ra, haromi bola 
ham, badaviy ham, balog'atga yetmagan bola ham imom bo'lmog'i joizdir. Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam: «Imomlikka Qur'oni Karimni mukammal bilgan kishi 
o'tg'aydir»,—deganlari uchun ham Imom Buxoriy: «Qul, biror aybi bo'lmasa, jamoatga 
qatnashmakdan mahrum qilinmag'aydir»,— deydilar».
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Qubodagi Asaba degan joyga kelgan dastlabki muhojirlarga 
(Rasulullohning kelishlaridan avval) Abu Huzayfaning ozod qilingan quli Solim imomlik 
qilur erdi. U Qur'onni hammadan yaxshiroq bilur erdi».
Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Garchi 
sizlarga boshi mayizdek qop-qora qul boshliq qilib tayinlansa ham, unga quloq solib, 
itoat etingiz!» — deganlar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
55-bob. Imom yomon imomlik qilsa, gunohi o'ziga
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Imomlar sizlarga imomlik qilib namoz o'qiydirlar. Agar to'g'ri, to'liq o'qig'aydirlar, 
sizlarga ham, o'zlariga ham savob, bo'lg'aydir. Xato qilsalar, sizlarga savob-u, gunohi 
o'zlariga bo'lg'aydir»,— deganlar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling