Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ovqat tayyor bo'lsa-yu, namozga takbir aytilsa


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

42-bob. Ovqat tayyor bo'lsa-yu, namozga takbir aytilsa...
Ibn Umar ovqatlanib olgach, namoz o'qir erdilar. «Dili xotirjamlik birlan namoz o'qimoq 
uchun avval hojatini chiqarib olmoqlik kishining faqihligidandir»,— deydilar Abu Dardo' 
raziyallohu anhu.
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar olingizga 
kechki ovqat olib kelingan bo'lg'aydir-u, namozga takbir aytilg'aydir, avval ovqatni yeb 
olingiz»,— deb aytganlar».
Anas ibn Molik naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kechki ovqatingiz 
tayyor bo'lsa, shomni o'qimoqdan avval, ovqatni yeb olingiz, ovqatni shoshmasdan 
yengizlar»,— deganlar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Ibn Umar quyidagi hadisni aytdilyr: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar 
(kechki) ovqatingizni oldingizga olib kelib qo'yg'aydirlar-u, namoz vaqti bo'lib qolg'aydir, 
avval ovqatni yeb olingiz, shoshmasdan, to'yib yeb olingiz»,— deganlar». Ibn Umar 
oldilariga ovqat qo'yilsa-yu, namozga takbir aytilsa, ovqatni to'yib yeb olmagunlaricha 
namozga kelmas erdilar. Imomning qiroatini eshitib tursalar ham ovqatlanishda davom 
etardilar.
Ibn Umar naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi biringiz ovqat 
ustida bo'lg'aydirsiz-u, namozga takbir aytilg'aydir, nafsingiz ovqatga qonguncha 
namozga shoshilmangiz»,— deganlar».
43-bob. Imomning qo'lida yegulik narsa bo'lsa-yu, namozga chaqirilsa...
Ja'far ibn Amr otalari Amr ibn Umayyadan eshitganlarini rivoyat qiladirlar: «Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam qo'yning qo'l go'shtini kesib yeyayotganlarini ko'rdim. Shunda 
namozga chaqirildi. O'rinlaridan turdilar, pichoqni tashlab, tahorat olmay namoz 
o'qidilar».
44-bob. Kimki uyida bir zarur ish qilib turgan bo'lsa-yu, namozga takbir aytilsa, 

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling