Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Masjidga erta borib, kech qaytmoqning fazilati
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 38-bob. Namozga takbir aytilsa, farz namozdan boshqa namozlar toxtatilgaydir
- 39-bob. Kasai kishining jamoat oldiga chiqmoqqa haddi bormi (imomatga ota oladirmi)
37-bob. Masjidga erta borib, kech qaytmoqning fazilati
Abu Hurayra naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki masjidg'a erta borib, kech qaytg'aydir, Olloh taolo unga har bir kech qaytgani uchun jannatda ziyofat tayyorlab qo'yg'usidir»,— deganlar». 38-bob. Namozga takbir aytilsa, farz namozdan boshqa namozlar to'xtatilg'aydir Abdulloh ibn Molik: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kishining yonidan o'tdilar» deb boshlanadigan bir hadisni aytib bergan erkanlar. Imom Buxoriy : «Ushbu hadisni Azudlik Molik ibn Buqayna ismlig' bir kishi Hafs ibn Osimga quyidagicha rivoyat qilgan erkan»,— deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoega takbir aytilgandan Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy keyin ham ikki rak'at namoz o'qigan bir kishini ko'rib, ul tomonga o'girildilar, uni odamlar o'rab oldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bomdod sunnatini to'rt rak'at o'qiydirmisan? Bomdod sunnatini to'rt rak'at o'qiydirmisan?» — deb uni koyidilar (chunkim imomga iqtido qilmog'i lozim erdi)». 39-bob. Kasai kishining jamoat oldiga chiqmoqqa haddi bormi? (imomatga o'ta oladirmi?) Asvad raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Oisha onamizning huzurlarida erdik. Jamoat birlan namoz o'qimoq va uning afzalliklari to'g'risida so'zlashib o'tirdik. Shunda Oisha onamiz quyidagilarni aytib berdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning vafotlaridan oldingi kasallyk kunlaridan birida azon aytildi. Janob Rasululloh: «Abu Vakrga buyuringiz, imomatga o'tsin!»— dedilar. «Abu Bakr ko'ngli bo'sh, yig'loq odam. Sizning o'rningizda imomlik qila olmag'ay», — deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam boyagi so'zlarini takrorladilar (Oisha onamiz birlan boshqalar yana rad qildilar). Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uchinchi marta: «Siz xotinlar Yusuf alayhissalomning qissasidagi Zulayho va uning dugonalariga o'xshagan xotinlardirsiz (dilingizdagi gapning aksini aytursiz), Abu Bakrga buyuringiz, jamoat oldiga o'tib imomlik qilsin!» — dedilar. Abu Bakr chiqib imomatga o'tdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o'zlarini bir oz yengil hys qildilar. So'ng, ikki kishi yonlariga kkrib, qo'ltiqlab namozga olib chiqdi. Betoblikdan oyoqlarini zo'rg'a sudrab bosayotganlari hozirgidek ko'z o'ngimda. Abu Bakr Janob Rasulullohning chiqib kelayotganlarini ko'rib joy bo'shatmoqchi bo'ldilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «O'rningda turg'il!» — deb ishora qildilar. So'ng, Abu Bakrning yonlariga kelib o'tirdilar». A'mashdan «Abu Bakr Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga, odamlar ersa Abu Bakrga iqtido qilganmilar?» — deb so'rashdi. A'mash «ha» degan ma'noda bosh irg'ab qo'ydilar. Abu Muoviya bunga qo'shimcha qilib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Bakrning chap yonida o'tirib o'qidilar, Abu Bakr ersa tik turib o'qidilar»,— dedilar. Ubaydulloh ibn Abdulloh Oisha onamizdan quyidagi hadisni eshitgon erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, og'irlashib qolgan paytlarida, tuzalgunlaricha mening uyimda yotmoqchi ekanliklarini aytib hamma xotinlaridan ijozat so'radilar. Ular rozi bo'lishdi. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki kishi yordamida oyoqlarini zo'r-bazo'r bosib mening uyimga chiqdilar. Bir qo'ltiqlaridan Abbos va ikkinchi qo'ltiqlaridan bir kishi ushlab olib chiqishdi». «Oisha onamiz aytib bergan hadisni Ibn Abbosga hikoya qilib berdim,— deydilar Ubaydulloh, u mendan: «Oisha onamiz tilga olmagan o'sha kishining kim ekanligini bilurmisen?» — dyob so'radi. Men: «Yo'q»,— dedim. «Bul — Ali ibn Abu Tolib erdilar»,— dedi». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling