Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Kishi, imom takbir aytayotganini ko'rsa, qachon safga turadir?


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

22-bob. Kishi, imom takbir aytayotganini ko'rsa, qachon safga turadir?
Abdulloh ibn Abu Qatodaning otalari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam: «Takbir aytilayotgan paytda, to meni ko'rmaguningizcha, safga turmangiz!» — 
deganlar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
23-bob. Kishi namozxonlar safiga shoshilib kelib turmasin, tinchlik saqlab, 
ohistalik birlan tursin!
Abdulloh ibn Abu Qatodaning otalari rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam: «Takbir aytilayotganda safga turmangiz, tinchlikka rioya qilingiz!»— deganlar».
24-bob. Takbir aytilgandan so'ng kishi biror sabab birlan masjiddan chiqsa 
bo'lg'aymi?
Abu Hurayra naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hujralaridan 
chiqdilar. Namozga takbir aytildi, saflar tiklandi, Janob Rasululloh mehrob qarshisiga 
kelib turdilar. Namozga takbiri tahrima aytilmog'ini kutib turgan erdik, «O'rinlaringizdan 
qimirlamangiz!»— deb hujralariga kirib ketdilar, shu holatimizda turib qoldik. Bir ozdan 
so'ng sochlari ho'lg boshlaridan suv tomib turgan holda qaytib chiqdilar, g'usl 
qilibdirlar».
25-bob. Agar imom: «O'rningizdan qimirlamangiz!»— deb chiqib ketsa, qaytib 
kelgunicha kutib turilg'aydir
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Namozga takbir aytildi, odamlar saflarini to'g'rilashdi. 
Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hujralaridan chiqib, oldinga o'tdilar. U kishi 
jimo'dan keyingi holatda erkanlar. «O'rningizdan qimirlamangiz!» — deb qaytib kirib 
ketdilar. So'ng, g'usl qilib chiqdilar, sochlaridan suv tomib turardi. Keyin, odamlar birlan 
namoz o'qidilar».
26-bob. Kishining «Hali namoz o'qimadik»,— demog'i
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Xandaq voqeasi kuni Hazrat Umar Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, Olloh haqqi-hurmati, kun 
botib ketdi hamki, namozi asrni o'qiyolmay qoldim»,— dedilar. Bu gapni aytganlarida 
iftor qilib bo'lingandi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ollohga qasam 
ichib ayturmenkim, men ham hali namozi asrni o'qimabman»,— dedilar. Keyin, 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Bathon degan joyga bordilar, men ham u kishi 
birlan birga bordim, tahorat old ilar, so'ng (kun botgandan keyin) namozi asrni o'qidilar, 
undan keyin shomni o'qidilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling