Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Azon aytayotib boshqa so'zlarni aytib yuborish


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

10-bob. Azon aytayotib boshqa so'zlarni aytib yuborish
Sulaymon ibn Surd azon aytayotib boshqa so'zlarni ham gapirib yubordilar.
Hasan Basriy: «Azon yokim takbir aytayotib kulmoqning zarari yo'qdir», — deydilar.
Abdulloh ibn Hars rivoyat qiladirlar: «Yog'ingarchilik bo'lib turgan kunlardan birida Ibn 
Abbos bizga va'z aytdilar. Muazzin «Hayya ala-s-salot» deb aytayotganda Ibn Abbos uni 
to'xtatib, «Namozni har kim o'z joyida o'qisin!» — deb qichqirmakni buyurdilar. Kishilar 
ajablanib bir-birlariga qaradilar. Shunda Ibn Abbos: «Ibn Abbosdan yaxshiroq kishi 
(ya'ni, Rasululloh) ham shunday qilgandirlar. Bugun jum'a, shunday qilsa bo'lg'aydir»,— 
dedilar».
11-bob. Ko'zi ojiz odam, agar unga namoz vaqti bo'lganligi xabar qilinsa, azon 
aytish mumkin
Solim ibn Abdullohping otalari Abdulloh ibn Umar quyidagi hadisni aytib berdilar: 
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bilol (bomdod namozi uchun) juda erta azon 
aytg'aydir. Sizlar Ibn Ummi Maktum azon aytguncha yeb-ichib o'tiraveringiz»,— dedilar. 
Ibn Ummi Maktum ko'zi ojiz odam erdi. Biror kishi unga: «Tong otdi, tong otdi» deb 
aytmaguncha, azon aytmas erdi».
12-bob. Tong otgandan keyin azon aytmoq
Abdulloh ibn Umar naql qiladirlar: «Umm ul-mu'minin (mo'minlar onasi) Hafsa 
(Rasulullohning xotinlari): «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muazzin bomdodga 
azon aytmakdan kechikib qolsa-yu, tong otib qolsa, (masjidda) namoz boshlanmagidan 
avval yengilgina ikki rak'at namoz o'qib olar erdilar»,— deb aytganlar».
Oisha raziyallohu anho naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod 
namozi uchun aytiladigan azon birlan takbir o'rtasida yengilgina ikki rak'at namoz o'qib 
olar erdilar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Abdulloh ibn Umar quyidagi hadisni aytib berdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam: «Bilol kechasi (juda erta) azon aytg'aydir, sizlar Ibn Ummi Maktum azon 
aytg'uncha yeb-ichaveringiz»,— deganlar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling