Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Azon ovozini eshitgan kishi ne deydir?


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

7-bob. Azon ovozini eshitgan kishi ne deydir?
Abu Sa'id al-Xudriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Azon 
ovozini eshitganingizda muazzin aytayotgan so'zlarni takrorlab turingiz!» — deganlar».
Iso ibn Talha: «Bir kuni men Muoviyaning muazzin aytayotgan so'zlarni «Ashhadu anna 
Muhammadan Rasululloh» degan joyigacha takroran aytib turganini ko'rdim», — 
deydilar.
Yahyo ibn Abu Kasiyr yuqoridagi hadisga o'xshash hadisni rivoyat qila turib, dedilar: 
«Ba'zi birodarlarimiz menga aytdilarki, Muoviya, muazzin «Hayya alas-salot» deganda, 
«Lo havla va lo quvvata illo billohi» deb aytibdi-da: «Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va 
sallamning ham shundoq deganlarini eshitgandirman», — debdi».
8-bob. Azonni eshitib bo'lgach, duo aytmoq
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki 
azonni eshitgach, «Ilohi, ushbu mukammal da'vat hamda abadiy namoz sohibi bo'lmish


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Muhammad alayhissalomning martabasini ulug' qilib, ne'matlaringni anga bisyor 
qilg'aysan, ul zotga o'zing va'da qilg'an maqomi mahmudni (eng sharafli o'rinni) ato 
etg'aysan!» desa, qiyomatda men uni shafoat qilg'aydirman», — deganlar.
9-bob. «Men azon aytaman» deb talashmoq
Bir kuni qavmlar azon aytmakni talashib qoldilar. Shunda Sa'd ibn Vaqqos chek 
tashladilar, chekiga tushgan kishi azon aytdi.
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Odamlar azon 
aytmakning hamda birinchi safda turib namoz o'qimakning qanchalik savobi borlig'ini 
bilganlarida erdi, hech bo'lmaganda chek tashlab, o'z niyatlariga erishgan bo'lur erdilar. 
Agar odamlar jamoat birlan namoz o'qimakning savobini bilg'ay erdilar, kim o'zarga 
masjidg'a rgurib ketgan bo'lur erdilar. Agar odamlar bomdod birlan xufton namozini 
jamoat birlan birga o'qimakda ne savob borlig'ini bilsalar erdi, emaklab bo'lsa ham 
borishg'ay erdilar», — deganlar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling