Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Bomdoddan avval azon aytmoq


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

13-bob. Bomdoddan avval azon aytmoq
Abdulloh ibn Mas'ud bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bilol azon 
aytganda birortangiz saharlik qilmoqdan to'xtamangiz, chunkim muazzin uxlab 
yotganlarni uyg'otmoq uchun, uyg'oqlarni namozga chorlamoq uchun qorong'uda azon 
aytg'aydir»,— dedilar. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam barmoqlarini 
osmonga ko'tarib pastga tushirdilar-da, «Bu hali tong otganini anglatmag'aydir, mana 
bundoq bo'lsa, tong otgan bo'lur»,— deb barmoqlarini endi ufq bo'ylab yurgizdilar» 
(ya'ni, quyosh nurlari avval tikkasiga taralg'aydir, bu tong otdi, degani ermas, nur 
ko'ndalangiga taralsagina tong otgan hisoblang'ay).
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Oisha onamiz bundoq degandilar»,— deydilar: «Rasululloh 
sallallohu alayhi va. sallam: «Bilol kechasi azon aytg'aydir. Sizlar Ibn Ummi Maktum 
azon aytguncha, yeb-ichaveringiz,—deganlar».
14-bob. Azon bilan takbir orasida qancha vaqt bor? Namoz o'qishning 
boshlanmog'ini kutib o'tirgan kishi
Abdulloh ibn Mag'fal al-Muzaniy rivoyatlari: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har 
bir azon birlan takbir o'rtasidagi vaqtda istagan kishi bir karra namoz o'qib olsa 
bo'lur»,— deb uch bor qaytarib aytdilar».
Anas ibn Molik quyidagini aytib berdilar: «Muazzin azon aytsa, Rasululloh sallalloxu 
alayhi va sallamning sahobalari o'rinlaridan turib, o'zlari namoz o'qiydirgan ustunlar 
qarshisiga shoshilishar erdi, hatto Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uylaridan 
chiqqanlarida ular azon birlan takbir oralig'ida o'qiydirgan namozni o'qiyotgan 
bo'lishardi. Shorn namozidan avval ular ham ikki rak'at namoz o'qib olishardi. Azon 
birlan takbir o'rtasidagi vaqt unchalik ko'p bo'lmas erdi».
Imom Buxoriy: «Shorn namozining azoni birlan takbiri orasinda hech qancha vaqt yo'q 
erdi»,— deydilar. Imom Navaviy: «Shomning azoni birlan takbiri o'rtasinda ikki rak'at 
namoz o'qimak mustahabdir»,— deydilar. Imom Molik: «Shomda azon birlan takbir 
orasinda namoz o'qimoq joizdir»,— deydilar. Hanafiylar ersa: «Shomning azoni birlan 
takbiri o'rtasinda uch qadam yurgudek fursat bordir»,— deyishadi.

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling