Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Yomg'ir yoki kasallik tufayli masjidga bormay o'z uyida namoz
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 41-bob. Imom juma kuni, yomgir yogib turgan bolsa, hozir bolganlar bilan namoz oqib, xutba aytadirmi
40-bob. Yomg'ir yoki kasallik tufayli masjidga bormay o'z uyida namoz
o'qimoqqa ruxsat berilgani haqida Nofi' rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar sovuq va shamol bo'lib turgan tunda namozga azon aytdilar. Keyin: «Namozni joy-joylaringizda o'qiyveringiz, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muazzinga: «Yomg'irli, sovuq kechada namozni joy-joylaringizda o'qiyveringiz, deb aytmakni buyurar erdilar»,— dedklar». Mahmud ibn ar-Rabi' naql qiladirlar: «Atbon ibn Molik ko'zi ojiz holda qavmiga imomlik Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy qilur erdi. Bir ko'ni u Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh, (goh) kecha qorong'i bo'lg'aydir, (goh) sel bo'lg'aydir, men ersam ko'zi ojiz odamdirimen, mening uyimga borib bir joyda namoz o'qib beringiz, o'shal yerni namozgoh qilib olayin»,—dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning uyiga kelib: «Qaerda o'qib bermog'imni istaydirsen?» — dedilar. Ul bir joyni ko'rsatdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o'shal joyda namoz o'qib berdilar». 41-bob. Imom jum'a kuni, yomg'ir yog'ib turgan bo'lsa, hozir bo'lganlar bilan namoz o'qib, xutba aytadirmi? Abdulloh ibn Hars rivoyat qiladirlar: «Ibn Abbos yomg'ir yog'ib, loygarchilik bo'lgan kuni bizga xutba aytdilar, so'ng muazzinga azonning «Hayya alas-salot» degan joyiga kelganda «namozni joy-joyingizda o'qiyveringiz», deb aytmakni buyurdilar. Hozir bo'lganlar bu gap yoqmagandek bir-birlariga qarab qo'yishdi. Shunda Ibn Abbos: «Sizlar bu gapni yoqtirmadingiz shekilli. Bu gapni mendan yaxshiroq kishi, ya'ni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytgandirlar. Ul kishi shundoq qilmoqni buyurgandirlar. Men sizlarni mashaqqatga qo'ymoqni xohlamadim»,— dedilar». Boshqa bir hadisda Ibn Abbos: «Men sizlarni gunohkor qilmakni xohlamadim, sizlar tizzangizdan loy kechib kelgan bo'lur erdingiz, deb aytgandi»,— deyiladi. Abu Salamadan naql qiladirlar: «Abu Sa'id al-Xudriydan Laylat ul-Qadr to'g'risida so'radim. Ul kishi: «Bir bulut kelib, masjidning ustiga yomg'ir yogdi. Masjidning tomiga xurmo shoxlari yopilgan erdi, yomg'ir shipdan o'tib ketdi. Namozga takbir aytildi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning jiqqa loy ustida sajda qilayotganlarini, hatto peshonalariga loy ham tekkanini ko'rdim»,— dedilar». Anas ibn Sirin rivoyat qiladirlar: «Ansoriylardan bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh, men siz birlan birga namoz o'qiy olmasmen»,— dedi. Ul semiz, yo'g'on kishi erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ovqat tayyorlab, uyiga chaqirdi. Suv sepib, tozalab bir bo'yrani taglariga solib berdi. Bo'yra ustida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki rak'at namoz o'qidilar». Oluljorudlik bir kishi Anasga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam choshgoh namozini o'qir erdilarmi?» — dedi. Anas: «O'qiganlarini faqat o'shal kuni ko'rdim»,— dedilar. Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling