Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
bo'lib (namoz) o'qig'aydir, yengil o'qisin,
chunki uning orqasinda zaif, keksa va ishi zarur
kishilar bordir!»—dedilar».
Jobir ibn Abdulloh naql qiladirlar: «Qorong'i kecha erdi.
Muoz jamoatga imomlik qilib
xufton o'qiyotgan paytda bir kishi ikki tuyani yetaklab kelib qoldi. Tuyalarini ko'yib,
Muozga iqtido qildi. Muoz «Surai Baqarani» yoki «Surai Nisoni» zam qilib o'qiy
boshlaganda boyagi kishi oradan chiqib ketdi. Muoz uning orqasidan yomonlab qoldi.
Buni ul kishiga yetkazishgan erdi, borib Rasululloh sallallohu
alayhi va sallamga shikoyat
qildi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Muozga: «Ey Muoz, sen
fitnachidirmisan yokim g'aybatchidirmisan?» — deb uch marta .qaytarib aytdilar, keyin:
«Sabbih-isma rabbika-l-a'lo...» va «Va-sh-shamsi va zuhoho...» hamda «Va-l-layli izo
yag'sho...» deb boshlanadigan suralarni zam qilib o'qisang bo'lmag'aymidir?!
Axir sening
orqangda keksa, zaif va hojatmand kishilar ham borku!» — dedilar».
Do'stlaringiz bilan baham: