Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Yo'ldan ozgan va bid'atchi odamning imomligi xususida


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

56-bob. Yo'ldan ozgan va bid'atchi odamning imomligi xususida
Hasan Basriy: «Bid'atchining orqasida ham namoz o'qiyverg'il, bid'atining zarari 
o'zigadir»,— deganlar. Imom Buxoriy: «(Ushbu hadisni) bizga Muhammad ibn Yusuf 
aytib berdilar»,— deydilar.
Ubaydulloh ibn Adiy ibn Xiyor Usmon ibn Affonning huzurlariga kirdi. Hazrat Usmon 
siqilib o'tirgan erkanlar. Usmonga: «Siz jamoat imomidirsiz, boshingizga nechuk ishlar 
tushdi, ko'rib turibsiz. Bizga ersa fitnachi kishilar imom bo'lib olmishlar, biz ularga iqtido 
qilib, gunohkor bo'lmakdan qo'rqadirmiz»,— dedi. Shunda Usmon: «Namoz odamlar 
qilayotgan ishlarning eng yaxshisidir. Agar kishilar xayrlik ish qilayotgan bo'lsalar, sen 
ham ularning xayrlik ishlariga bosh qo'shg'il, agar yomon ishga qo'l urgan bo'lsalar, 
ularning yomonligidan chetlang'il!»—dedilar. Zuhriy: «Juda zarur bo'lmasa, xotinchalish 
(xunasa) odamga iqtido qilinmaydir»,— deydilar.
Anas ibn Molik naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Zarrga: «Agar 
boshi mayizdek qop-qora habash imom ersa ham, unga quloq solg'il va itoat etg'il!»— 
degan ekanlar».
57-bob. Agar namoz o'qiyotganlar ikki kishi bo'lsa, biri imom bo'lib, ikkinchisi 
uning o'ng tomoniga o'tib iqtido qiladir
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Maymuna xolamnikida tunab qoldim. Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam xuftonni masjidda o'qidilar. Keyin, uylariga kelib to'rt rak'at namoz 
o'qidilar. So'ng, uxladilar, keyin o'rinlaridan turib, tahorat olib namoz boshladilar. Men 
chap yonlariga borib turdim. Meni o'ng yonlariga o'tkazib qo'ydilar. Avval besh rak'at, 
keyin ikki rak'at namoz o'qidilar, so'ng uxladilar, hatto pishillaganlarini eshitdim. Keyin, 
namozi bomdodni o'qigani chiqib ketdilar».
58-bob. Agar iqtido qilg'uvchi birgina bo'lsa-yu, imomning chap tomonida 
tursa, imom uni o'ng tomoniga o'tkazib qo'ysa, namozlari buzilmaydir
Ibn Abbos naql qiladirlar: «Maymuna xolamnikida tunab qoldim. O'sha kechasy 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xolamning uylarida erkanlar. Tahorat olib namozga 
turdilar. Men chap tomonlarida turib iqtido qildim, meni o'ng tomonlariga o'tkazib 
qo'ydilar. Shunda o'n uch rak'at namoz o'qidilar. Keyin, uxladilar, hatto pishilladilar ham. 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uxlasalar, pishillar edilar. Keyin, ul kishini muazzin 
kelib chaqirdi. Chiqib jamoatga imomlik qildilar, tahorat olmadilar (yonboshlab dam 
olganlarida, qalblari uyg'oq bo'lgani uchun tahoratlari sinmas erdi)».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling