Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


ishini tashlab, namozga chiqadir


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

ishini tashlab, namozga chiqadir
Asvad raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Oisha onamizdan «Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallam uylarida ne qilur erdilar?» — deb so'radim. «Uy yumushlari birlan band bo'lur 
erdilar (Janob Rasululloh xotinlariga yordam bermoqlarini nazarda tutadilar), namozga 
chaqirilgan kezda qilayotgan ishlarini tashlab chiqar erdilar»,— dedilar».
45-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qanday namoz o'qiganlarini 
hamda ul zotning buyurgan sunnaglarini o'rgatish niyatidagina odamlarga 
namoz o'qib bergan kishi
Ayyub raziyallohu anhu: «Abu Qiloba bunday degandi»,— deydilar: «Bizning mana shu 
masjidimizga Molik ibn Huvayris kelib: «Men o'zi namoz o'qimoqchi bo'lmasam-da, 
sizlarga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning nechuk namoz o'qiganlarini ko'rgan 
bo'lsam, o'shandoq namoz o'qib berayin»,— dedilar. Men Abu Qilobadan: «Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam nechuk namoz o'qir erkanlar?» — deb so'radim. «Mana bu 
shayximiz singari»,— dedi. Shayximiz (keksa odam erdilar), birinchi rak'atda sajdadan 
bosh ko'targanlaridan keyin, ozgina o'tirib olar erdilar».
46-bob. Olim va fozil kishilar imomlik qilishga haqliroqdirlar
Abu Muso rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob bo'lib qoldilar. 
Kasallari kuchaygach: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoat oldiga chiqib imomlik qilsin!» — 
dedilar. Oisha onamiz: «Abu Bakr ko'ngli yumshoq kishidirlar, sizning o'rningizda turib 
imomlik qila olmag'aylar»,— dedilar. Janob Rasululloh: «Odamlarga buyuringiz, Abu 
Bakr jamoat oldiga chiqib imomlik qilsin!» — deb qaytarib aytdilar. Oisha onamiz yana 
rad qildilar. Janob Rasululloh: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoat oldiga chiqib imomlik 
qilsin! Siz xotinlar Yusuf alayhissalomning qissasidagi xotinlar singaridirsizlar»,— deb 
yana qaytarib aytdilar. Janob Rasulullohning buyruqlarini Abu Bakrga yetkazishdi. Abu 
Bakr Janob Rasulullohning hayotliklarida jamoat oldiga chiqib imomlik qildilar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob 
yotganlarida: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoat oldiga chiqib imomlik qilsin!» — dedilar. 
Men: «Abu Bakr o'rningizga imomlik qilsalar, yig'lab yuborg'aydirlar, odamlar qiroatlarini 
eshitolmay qolg'aydir, Umarga buyuringiz, imomlik qilsin!» — dedim. Keyin: «Abu Bakr 
sizning o'rningizda tursalar, yig'ilaridan qiroatlari eshitilmay qolg'aydir, imomlikni 
Umarga buyura qolingiz, deb Rasulullohga aytg'il!» —dedim Hafsaga. Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam: «Тек turg'il, sizlar Yusuf alayhissalomning qissasidagi 
xotinlar singaridirsizlar, Abu Bakrga buyuringiz, imomlik qilsin!» — dedilar Hafsaga».
Shunda Hafsa: «Sendan hech yaxshilig' ko'rmadim-da!» — degan erkanlar Oisha 
onamizga.
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga 
o'n yil ergashib yurdim, ul kishining xizmatlarini qilib, suhbatlarida birga bo'ldim. 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafotlaridan oldin betob yotganlarida Abu Bakr 
jamoatga imomlik qilardi. Dushanba kuni biz sahobalar namozda saf tortib turgan erdik, 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xujralarining pardasini ochib, bizga qaradilar.
Janob Rasululloh oyoqlarida tik turar erdilar, yuzlari xuddi kitob varag'idek oppoq, ozgin 
va chiroylig' erdi. Keyin, bizga tabassum qilib jilmaydilar. Biz Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallamni ko'rib, suyunganimizdan safdan chiqmoqchi bo'ldik. Abu Bakr Siddiq ersa 
birinchi safga kirib olmoq uchun orqasiga tisarila boshladi. Ul, Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam namozga chiqmoqchilar, deb o'yladi. Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam, namozni davom ettiraveringiz, degan ma'noda bizga ishora qildilar-da, pardani 
yopib qo'ydilar. Ul zot shu kuni vafot etdilar».
Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uch kun 
namozga chiqa olmadilar. Namozga takbir aytildi, Abu Bakr oldinga (imomlikka) o'tdi. 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hujralarining pardasini ko'tardilar. Hech qachon 
Janob Rasulullohning chehralarini ko'rgan kezimizdagidek suyunmagan erdik. Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam Abu Bakrga «Oldinga (imomlikka) o'tg'il!» deb ishora qildilar- 
da, pardani yopdilar. Keyin, vafot etgunlaricha pardani ochmoqqa darmonlari yetmadi».
Hamza ibn Abdullohning otalari Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh 
og'ir yotganlarida, «Namozga chiqa olasizmi?»—deyishdi. Shunda Janob Rasululloh:
«Abu Bakrga aytingiz, jamoatga imomlik qilsin!»—dedilar. Oisha onamiz: «Abu Bakr 
ko'ngli bo'sh odamdirlar, qiroat qilsalar, yig'idan to'xtay olmag'aylar»,— dedilar. Janob 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Buyuringiz unga, jamoatga imomlik qilsin!» — 
dedilar. Oisha onamiz yana boyagi so'zlarini takrorladilar. Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam yana: «Buyuringiz unga, jamoatga imomlik qilsin! Sizlar Yusuf alayhissalom 
qissasidagi xotinlar singaridirsiz»,— dedilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling