Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Agar namozxonlarning qiroati bir xil bo'lsa, oralarida yoshi ulug'i
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 50-bob. Imom biror qavmning ziyofatiga borsa, namoz vaqtida ularga imomlik qiladir
- 51-bob. Imomga iqtido qilmoq kerak, ul shuning uchun imom qilingandir!
49-bob. Agar namozxonlarning qiroati bir xil bo'lsa, oralarida yoshi ulug'i
imomlik qiladir Molik ibn Huvayris naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldik. Hammamiz tengqur, yosh yigitlar erdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida 20 kuncha turib qoldik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam juda mehribon erdilar, (yurtimizni sog'inganimizni bilib): «Yurtingizga qaytsangiz, u yerdagilarga dinni o'rgatingiz, falon vaqtda falon namozni, falon vaqtda falon namozni o'qiydirsiz, deb ularga buyuringiz, namoz vaqti bo'lganda biringiz azon aytingiz, orangizda kattangiz imomlikka o'tsin!» — dedilar». 50-bob. Imom biror qavmning ziyofatiga borsa, namoz vaqtida ularga imomlik qiladir Atbon ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni uyimga taklif etgan erdim. Ul kishi kelib, kirishga ijozat so'radilar. Keyin: «Uyingning qay yerida namoz o'qib bermog'imni istaydirsan?» — dedilar. Men bir joyni ko'rsatdim. Ras ululloh Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy sallallohu alayhi va sallam namozga turdilar. Biz u kishiga iqtido qildik. Namozdan keyin salom berdilar. Biz ham salom berdik». 51-bob. Imomga iqtido qilmoq kerak, ul shuning uchun imom qilingandir! Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, vafotlaridan oldingi betoblik paytlarida, o'tirib imomlik qilar erdilar. Ibn Mas'ud: «Namozxon boshini imomdan avval ko'tarsa, qaytarib tushirg'aydir-da, imom boshini ikkinchi bor ko'tarmaguncha kutib turg'aydir, keyin imomga ergashg'aydir»,— deganlar. Hasan Basriy: «Imom birlan birga ikki rak'at o'qib, sajda etolmagan odam oxirgi rak'atda ikki marta sajda qilg'aydir, keyin bir rak'atini qayta o'qig'aydir, sajda qilmoqni esdan chiqarib, o'rnidan turib ketgan odam qayta o'tirib sajda qilg'aydir»,— deydilar. Ubaydulloh ibn Abdulloh naql qiladirlar: «Oisha onamizning huzurlariga kirdim. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning betob yotgan paytlari to'g'risida menga so'zlab bersangiz!» — deb iltimos qildim. Oisha onamiz: «Mayli»,— deb hikoya qila ketdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam og'irlashib qolganlarida: «Odamlar namoz o'qidilarmi?»—deb so'radilar. Biz: «Yo'q, sizni kutishmoqda»,— dedik. «Tog'oraga o'tqazib, ustimdan suv quyingiz!» — dedilar. Biz aytganlarini qildik. O'rinlaridan tura boshlaganlarida hushlaridan ketdilar. Hushlariga kelgach: «Odamlar namoz o'qidilarmi?»—dedilar. Biz: «Yo'q, sizni kutishmoqda»,— dedik. Janob Rasululloh: «Tog'oraga o'tqazib, ustimdan suv quyingiz!» —dedilar. Biz aytganlarini qildik. O'rinlaridan turmoqchi erdilar, yana hushlaridan ketdilar. Hushlariga kelgach: «Odamlar namoz o'qidilarmi?» — dedilar. Biz: «Yo'q, sizni kutishmoqda»,— dedik. Masjidda odam liq to'la. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xufton iamoziga chiqishlarini kutishmoqda. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Bakrga imomlik qilmakni buyurdilar. Bir kishi borib, Abu Bakrga: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sizni jamoatga imomlik qilsin, deb buyurdilar»,— dedi. Abu Bakr ko'ngli yumshoq odam erdilar. Shuning uchun ham Umarga: «Siz imomlik qilingiz!» — dedilar. Umar: «O'zingiz bunga mendan ko'ra qaqliroqdirsiz!» — dedilar. Abu Bakr o'sha kuni imomlik qildilar., Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o'zlarini bir oz yengil his etib, ikki kishining yordamida namozga chiqdilar, ulardan biri Abbos edi. Abu Bakr Janob Rasulullohni ko'rib joy bo'shatmoqchi bo'ldilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Orqangizga tisarilmangiz, joyingizdan jilmangiz!» — deb ishora qildilar. Keyin Abbosga: «Meni yonlariga o'tqazingiz!» — dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni Abu Bakrning yoniga o'tqazdilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o'tirib namoz o'qidilar. Abu Bakr tik turib Rasulullohga iqtido qildilar. Odamlar ersa Abu Bakrga iqtido qilishdi». Ubaydulloh raziyallohu anhu bunday rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Abbos huzuriga kirib, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning betobliklari haqida Oisha onamiz menga aytib berganlarini sizga aytayinmi?» — dedim. «Aytg'il!»— dedilar. Men aytdim. Biror so'zimni inkor qilmadilar, lekin: «Ogam Abbos birlan birga bo'lgan ikkinchi kishining nomini senga aytdilarmi?» — deb so'radilar. Men: «Yo'q»,— dedim. «Ul Ali erdi!» — dedilar». Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob bo'lganlaridan uyda o'tirgan holda namoz o'qidilar. Iqtido qilayotganlar ersa tik turib o'qishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «o'tiringiz!» deb ishora qildilar. Namozdan keyin Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Imom iqtido qilmoqlari uchun Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy tayinlangandir, agar ul ruku' qilg'aydir, ruku' qilingiz, ruku'dan bosh ko'targ'aydir, bosh ko'taringiz, o'tirib namoz o'qig'aydir, o'tirib namoz o'qingiz!»— dedilar». Anas ibn Molik naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ot minib yiqildilar, o'ng tomonlari shilinib ketdi. Namozni o'tirgan holda o'qidilar. Shunda biz ham o'tirib o'qidik. Namozni tugatgach, bizga o'girilib: «Gap shulkim, imom iqtido qilmoqlari uchun imom qilingandir, agar ul tik turib o'qig'aydir, tik turib o'qingiz, ruku' qilg'aydir, ruku' qilingiz, ruku'dan bosh ko'targ'aydir, bosh ko'taringiz, «Sami'allohu liman hamidahu» desa, «Rabbano va lakalhamd» deb aytingiz. Agar tik turib o'qig'aydir, tik turib o'qingiz!» — dedilar». Imom Buxoriy aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Imom o'tirib o'qig'aydir, o'tirib o'qingiz! »degan so'zlarini bundan ilgarigi betoblik paytlarida aytganlar, so'nggi kasal bo'lganlarida ersa Janob Rasululloh o'tirib namoz o'qiganlar. Odamlar tik turib o'qishgan, ularga o'tirmoqni buyurmaganlar. Oxirgisi hisobga oling'aydir,zero oxirgisi Janob Rasulullohning tabiatlariga mosdir». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling