Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Masjid tomon bosgan qadamlarni hisoblamoq
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 34-bob. Xufton namozini jamoat birlan oqimoqning fazilati
- 35-bob. Ikki kishi va undan ortigi jamoatdir
- 36-bob. Masjidda namoz vaqti bolmogini kutib otirgan kishining hamda masjidlarning fazilati bayoni
33-bob. Masjid tomon bosgan qadamlarni hisoblamoq
Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Baniy Salama, izlaringizni hisoblab yurmaydirmisiz?»,—dedilar. Mujohid «Qilg'an ishlarini va izlarini yozib qo'yg'aydirmiz» degan oyati karimadagi «izlarini» so'zini «qadamlarini» deb tafsir qildi». Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Baniy salamaliklar o'z joylarini tashlab, Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamga yaqinroq yerga ko'chib kelmoqchi bo'ldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaning xuvillab qolmog'ini istamay: «Izlaringizni (qadamlaringizni) hisoblab yurmaydirmisiz?»— dedilar (ya'ni, masjidga qancha uzoq yo'l bosib kelsangiz, shuncha sayub bo'lg'aydir, degan ma'noda). Mujohid: «Izlaringizni» degani — «erda yayov qadam bosib kelmoq demakdir»,— deydi». 34-bob. Xufton namozini jamoat birlan o'qimoqning fazilati Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar»—deydilar: «Munofiqlarga namozi bomdod birlan namozi xuftondan ko'ra og'irroq namoz yo'qdir. Ikkala namozda qancha savob borlig'ini bilganlarida masjidga emaklab bo'lsa ham Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy kelg'ay erdilar. Muazzinga buyursam, azon aytsa, keyin bir kishyga buyursam, odamlarga imomlik qilsa, keyin azonni eshitib, namozga chiqmaganlarning ustidan o't qo'ysam!» 35-bob. Ikki kishi va undan ortig'i jamoatdir Molik ibn al-Huvayris rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi yu sallam (safarga ketayotgan ikki kishiga): «Namoz vaqti kelsa, biringiz azon va takbir aytingiz, kattangiz imom bo'lsin»,— deganlar». 36-bob. Masjidda namoz vaqti bo'lmog'ini kutib o'tirgan kishining hamda masjidlarning fazilati bayoni Abu Hurayra naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tahoratini sindirmay joynamozda namoz vaqti bo'lmog'ini kutib o'tirgan har bir kishini maloikalar: «Ilohi, bul kishining gunohlarini mag'firat qilg'aysen, bul kishiga rahmatingni darig' tutmag'aysen!» — deb duo qilg'aydirlar. Namoz o'qiydirman degan niyatdagine uyiga ketmay masjidda o'tirgan kishi namoz o'qiyotgan barobarida bo'lg'aydir»,— deganlar». Abu Hurayra quyidagi hadisni aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo yetti toifa mo'minlarga, oxirat kuni hech soya qolmaganda, Arshining soyasidan joy berg'usidir: odil boshliqqa; rabbiga taqvo birlan ibodat qilib ulg'aygan yigitga; masjidlardan ko'nglini uzolmaydirg'an kishiga; Ollohni deb birov birlan do'stlashgan va Olloxni deb do'stidan uzoqlashgan (voz kechgan) kishiga; martabali, kelishgan bir ayol zinoga taklif qilsa, «Men Ollohdan qo'rqurmen»,— degan kishiga; o'ng qo'li qilganini chap qo'li bilmaydirgan qilib xufyona sadaqa bergan kishiga; xilvatda Olloh taoloni eslab ho'ng-ho'ng yig'lag'an kishiga»,— deganlar». Humayd rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uzuk taqqanmilar?» — deb Anasdak so'rashdi. «Ha, taqqanlar. Bir kuni Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xufton namozini yarim kechagacha kechiktirdilar, biz birlan namoz o'qigani chiqdilar. Namozdan keyin: «Odamlar allaqachon namoz o'qib yotdilar, sizlar ersangiz hanuz namoz o'qimakdasiz»,— dedilar. O'shanda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning uzuklari yarqirashiga qarab turganim halishdek ko'z o'ngimdadir»,— dedi Anas». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling