Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Muazzin azon aytayotganda boshini u yoq, bu yoqqa qaratadirmi yo


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

19-bob. Muazzin azon aytayotganda boshini u yoq, bu yoqqa qaratadirmi yo 
gavdasini u yoq, bu yoqqa o'giradirmi?
«Bilol azon aytayotganda ikki barmog'ini ikki qulog'iga tiqdi, Ibn Umar ersa ikki 
barmog'ini qulog'iga tiqmas erdi», deb zikr qilinadir. Ibrohim: «Tahoratsiz azon 
aytmoqning zarari yo'qdir»,— deydilar. Ato: «Azon aytmoq uchun tahorat olmoq ham 
farz, ham sunnatdir»,— deganlar. Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
hamma vaqt ham Ollohning zikrini qilaverar erdilar»,— deydilar,
Avn ibn Abu Juhayfa rivoyat qiladirlar: «Mening otam bir kuni Bilolning azon aytayotib 
boshini u yoqdan bu yoqqa burayotganini ko'rgan erkanlar».
20-bob. Kishi: «Namoz vaqti o'tib ketibdir»,— desa bo'ladirmi?
Ibn Sirin: «Namoz vaqti o'tib ketibdir»,— demoqni makruh sanab, «Buning o'rniga, 
namozga yetolmay qolibmiz, desin»,— deydilar. Imom Buxoriy ersa Ibn Sirikning so'zini 
rad qilib, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning so'zlari («Namoz o'tib ketibdir») 
to'g'ri»,—deydilar.
Abdulloh ibn Abu Qatodaning otalari bunday degan janlar: «Bir vaqt biz Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam birlan namoz o'qiyotgan erdik, birdan odamlarning shovqin- 
suroni eshitildi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o'qib bo'lganlaridan 
so'ng: «Sizlarga ne bo'ldi?» — dedilar. «Namozga shoshildik»,—deyishdi. Rasululloh: 
«Namozga kelganda undoq qilmangiz, tinchlikka rioya qilingiz. Namozning qay yeriga 
yetib kelsangiz, o'sha joyidan qo'shilib o'qiyveringiz, qanchasi o'tib ketgan ersa, keyin 
o'zingiz to'ldirib o'qib olingiz!» — dedilar».
21-bob. Kishi namozga hovliqmay, viqor birlan kelsin!
Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Namozga qachon yetib kelsangiz, kelgan 
joyidan davom ettiraveringiz, qolganini keyin to'ldirib o'qib olingiz!»—deganlar»,— 
deydilar Qatoda raziyallohu anhu.
Abu Hurayra naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar takbir 
aytilganini eshitsangiz, hovliqmay, viqor birlan namozga kelingiz. Namozga qachon yetib 
kelsangiz, kelgan joyidan jamoatga qo'shilib o'qiyveringiz, qolganini to'ldirib o'qib 
olg'aysizlar»,— deganlar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling