Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
16-bob. Xohlagan kishi har bir azon birlan takbir o'rtasida namoz o'qib olmog'i
mumkin
Abdulloh ibn Mag'fal bunday deganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir
azon birlan takbir o'rtasida namoz bordir, har biz azon birlan takbir o'rtasinda namoz
bordir. uchinchisi xohlagan kishiga»,— dedilar».
17-bob. «Bittangiz azon aytingiz», degan kishi xususida
Molik ibn al-Huvayris rivoyat qiladirlar: «Qavmimga tegishli
bir necha kishi birlan
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning uylariga keldim. Biz
Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam huzurlarida 20 kun turdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam juda
ham rahmdil va mehribon erkanlar. Ahlimizni sog'inganimizni ko'rgach, «Ahlingizga
qaytingiz, ular birlan birga bo'lingiz, ularga o'rgatingiz, namoz o'qingiz, namoz taqti
bo'lsa,
bir kishi azon aytsin, ichingizda kattarogingiz ersa imomlik qilsin»,— dedilar».
18-bob. Musofirlar uchun azon va takbir aytmoq. shuningdek Muzdalifada azon
va takbir aytmoq; muazzinning sovuq kechada yokim yomg'irli kechada
«namozni joy-joylaringizda o'qingiz», deb azon chaqirmog'i
Abu Zarr rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga erdik.
Muazzin azon aytmoqchi bo'lganda, Rasululloh unga: «Salqinlatg'il (shoshmay
turg'il)»,— dedilar. Keyin u yana azon aytmoqchi erdi, Rasululloh yana: «Salqinlatg'il»,—
dedilar. Keyin yana azon aytmoqchi bo'lganida, Rasululloh yana: «Salqinlatg'il»,—
dedilar, hatto tepaliklarning soyasi o'zi barobarligiga keldi. Shunda Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam: «Kunning harorati jahannamdan kelayotgandek»,— dedilar».
Molik ibn al-Huvayris naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam huzurlariga
safarga ketayotgan ikki kishi kirib keldi. Rasululloh ularga: «Safarga chiqqanlaringizda
avval azon aytingiz, so'ng takbir aytingiz, keyin kattangiz imomatga o'tsin»,— dedilar».
Molik ibn al-Huvayris naql qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu
alayhi va sallamning
uylariga yosh yigitlik vaqtimizda borib, 20 kun turdik. Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam rahmdil va mehribon erdilar. Janob Rasululloh ahlimizni sog'inganimizni bilib,
uyimizda kimlarni tashlab kelganligimizni so'radilar, Biz aytdik» Shunda Rasululloh:
«Ahlingiz oldiga qaytingiz. Ular birlan birga bo'lingiz, ularga shari'at hukmlarini
o'rgatingiz. Men sizlarga buyurganlarimni ularga ham buyuringiz»,—
deb ancha nasihat
qildilar (ularning ba'zisi yodimdan chiqqan), keyin, «Men nechuk namoz o'qigan ersam,
shundok, namoz o'qingiz. Namoz vaqti bo'lsa, bittangiz azon aytingiz, kattangiz
imomatga o'tsin»,— dedilar».
Nofi' rivoyat qiladilar: «Ibn Umar sovuq kechalardan birida Dajnonda (tepalik nomi)
azon aytdilar, keyin bizga: «Joy-joylaringizga borib namoz o'qingiz, Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam azon aytgandan keyin muazzinga: «Safardalig' kezingizda sovuq kecha
yokim loygarchilik bo'lsa, joy-joylaringizda namoz o'qingiz» deb aytmoqni
buyurardilar»,— dedilar».
Avn ibn Abu Juhayfa otalaridan eshitganlarini rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu
alayhi va sallamni Abtaxda (joyning nomi) ko'rdim. Bilol kelib azon aytdilar. Keyin, uchi
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
nayza
hassalarini olib chiqib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ro'paralariga
sanchib qo'ydilar, so'ng takbir aytdilar».
Do'stlaringiz bilan baham: