Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
kelmagan narsalarni eslatg'aydir, hatto namozxon necha rak'at o'qiganini bilmay
qolgaydir»,— deganlar».
5-bob. Baland ovoz birlan azon aytmoq
Umar ibn Abdulaziz: «Azonni aniq,
baland ovoz birlan, ohangga solmasdan aytg'il, agar
shundoq qilmassen, bizga muazzinlik qilmoqqa yaramassen!» — deganlar.
Abdurrahmon ibn Abdullohga bobolari quyidagi hadisni aytib bergan erkanlar: «Abu
Sa'id al-Xudriy menga: «Nazarimda, sen qo'yni va dalani yaxshi ko'radirgan
ko'ring'aysen, agar qo'y boqayotgan ersang yokim shunchaki dalada ersang-u,
namozga
azon aytsang, azonni baland ovoz birlan aytg'il, chunkim past ovoz birlan aytsang,
uzoqdagi xoh jin, xoh inson, xoh jonli va xoh jonsiz narsa bo'lsin,
tovushingni eshitmay
qolg'aydir. Ular qiyomatda sening azon aytganingga guvohlik berg'aydir»,— degandilar.
Abu Sa'id al-Xudriy: «Buni men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan
eshitgandim»,— deydilar».
6-bob. Azon ovozini eshitishi birlan qon to'kmoqni to'xtatg'aydir
Anas ibn Molik quyidagi hadisni aytib berdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam,
agar biz birlan biror qavm
urush qilayotgan ersa, tong otguncha urushgani qo'ymas
erdilar. Tongda azon ovozini eshitib urushni to'xtatar erdilar, azon ovozini eshitmasalar,
urushni davom ettiraverardilar. Bir kuni Xaybarga qarab yo'lga chiqib, tunda yetib
bordik.
Tong otgach, hali azon aytilmagan paytda, ota,m Abu Talha ulovlarini mindilar,
men
orqalariga mingashib oldim, oyog'im Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning
ayoqlariga tegib borar erdi. Xaybarliklar savat va ketmonlarini ko'tarib, qarshimizga
chiqdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko'rib: «Bu Muhammaddir, xudo haqqi,
bu Muhammaddir! —deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularni ko'rib:
«
Ollohu akbar, Ollohu akbar, Xaybar xarob bo'ldi, biz biror qavmning hovlisig'a kelib
tushsak, bizni chaqimchilik qilg'anlarning holiga voydir!» — dedilar».
Do'stlaringiz bilan baham: