40-bob. Xuftondan keyin bola-chaqalari va mehmonlar birlan so'zlashib
o'tirmoq haqida
Abdurrahmon ibn Abu Bakr rivoyat qiladirlar: «Ashob us-suffa, ya'ni masjidning
hovlisidagi supada yashaydirgan uysiz kishilar nihoyatda kambag'al erdilar. Nabiy
sallallohu alayhi va sallam: «Kimning uyida ikki kishiga yetg'ulik ovqat bo'lsa, uch
kishini, to'rt kishiga yetg'ulik ovqat bulsa, besh-olti kishini olib ketib, to'yg'azsin!» —
dedilar. Abu Bakr uch kishini olib keldilar. Janob Rasululloh ersa o'n kipshni olib ketdilar
(Ularning ichida men, otam, onam, bilmayman, yana xotinim, Abu Bakr birlan
payg'ambarimizning xonadonlari o'rtasidagi yugurdak ham bor erdi shekilli). Abu Bakr
payg'ambarimizning ovqatlanib olmoqlarini kutib turdilar. Tunning xudo xohlagancha
qismi o'tgandan keyin uylariga qaytdilar. Shunda xotinlari: «Mehmonlarni tashlab qay
yerlarda yuribsiz?» — dedi. Abu Bakr: «Ularni ovqatlantirmadingmi?» — dedilar.
Xotinlari: «Sizni kelasiz deb unamadilar, ketib qoldilar»,— dedi. Abu Bakr so'kindilar-da:
«O'zlaringiz yeyaveringiz, xudo xaqqi, men sira yemasmen!»— dedilar. Oyalohga qasam
ichib ayturmenkim, ovqatni qancha yesak ham, kamaymak o'rniga ko'payib borar erdi.
Biz to'ygunimizcha yedik, lekin ovqat ilgarigidan ham ko'payib ketdi. Abu Bakr buni
ko'rib, xotinlariga: «Ey Baniy Firosning singlisi, nega bunday bo'ldi?»—dedilar. Xotinlari:
«Ko'zlarimg'a ishongim kelmas, ovqat ilgarigidan uch barobar ko'payib ketdi»,— dedi.
Abu Bakr ovqatdan yedilarda: «Bu shaytonning ishidir»,— dedilar. Ya'ni, ovqat
yemasmen, deb ichgan qasamlarini nazarda tutdilar. Keyin, yana bir luqma yeb,
qolganini Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga olib ketdilar. Men o'sha yerda
qolib tong ottirdim. Biz birlan bir qavm o'rtasida ittifoq tuzilgan bo'lib, uning vaqti o'tgan
erdi. Biz o'n ikki kishi bo'lib ajralib chikdik. Ularning har biri birlan qancha odam
kelganini bilar erdim, barchalari birgalikda o'sha ovqatdan yedilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Do'stlaringiz bilan baham: |