Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
paytda namoz o'qimog'iga qarshi ermasmen, quyosh chiqayotgan!
va quyosh
batayotgan paytda o'qimasa, basdir»,— deydilar.
32-bob. Asrdan keyin o'qiladirgan qo'shimcha va shunga o'xshash namozlar
haqida
Ummu Salama rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam asrdan keyin ikki
rak'at namoz o'qidilar-da, «Hali Abd ul-Quddus qabilasidan
kelgan kishilar mening
peshindan keyin ikki rak'at namoz o'qimog'imga xalal berdilar»,— dedilar».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Xudo haqqi, Janob Rasululloh Ollohga ro'para
bo'lgunlariga (vafot etgunlariga) qadar peshin va asrdan keyin o'qiydigan ikki rak'at
namozlarini sira tark etmadilar. U kishi keksayib qolib, o'sha namozlarni ko'pincha o'tirib
o'qiydirgan bo'lib qolganlarida Ollohga ro'para bo'ldilar (vafot etdilar). Janob Rasululloh
qo'shimcha ikki rak'at namozni ummatlarim ham o'rganib olib,
qiynalib qolmasinlar deb,
masjidda o'qimas erdilar, aksincha ummatlariga yengillik yaratmoqqa intilar erdilar».
Hishomning otalari rivoyat qiladirlar: «Oisha raziyallohu anho: «Ey, singlimning «o'g'li
(jiyanim)! Nabiy sallallohu alayhi va sallam asrdan keyingi ikki rak'at namozni mening
huzurimda o'qimagan kunlari bo'lmagandir»,— dedilar».
Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdoddan oldingi va
asrdan keyingi o'qiydirgan ikki rak'at namozlarini
yashirmas ham erdilar, e'lon ham
qilmas erdilar»,— deydilar.
Asvad va Masruq raziyallohu anhumoning aytishlaricha, Oisha onamiz: «Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam kunda asrdan keyingi ikki rak'at namozni o'qimay mening
huzurimga kelmas erdilar»,— degan ekanlar.
Do'stlaringiz bilan baham: