Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ayollarning janozada ishtirok etmog'i haqida


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

28-bob. Ayollarning janozada ishtirok etmog'i haqida
Ummu Atiyya raziyallohu anho: «Bizga janozada qatnashmoq man' qilindi, ammo 
qat'iyan ermas»,- deydilar.
29-bob. Ayol kishining eridan boshqa yaqinlari vafot qilganidagi azadorlik 
muddati haqida
Muhammad ibn Sirin rivoyat qiladirlar: «Ummu Atiyya raziyallohu anhoning o'g'illari 
o'ldi. Uchinchi kuni safra (surtiladigan rangli xushbo'y modda) keltirmakni buyurdilar
olib kelingach, uni o'zlariga surtdilarda: «Ayollarga eridan boshqa yaqinlariga uch 
kundan ortiq aza tutmoq makruh qilingandir»,- dedilar».
Zaynab binti Abu Salama rivoyat qiladirlar: «Shomdan Abu Sufyonning vafot etganligi 
haqidagi xabar yetib kelganda, uchinchi kuni Abu Sufyonning qizlari Ummu Habiba 
(Rasulullohning xotinlari) safra keltirmakni buyurdilar. Olib kelishgach, uni yonoqlari, 
manglaylari, quloqlarining tagi va bilaklariga surtdilar-da: «Agar Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam «Ollohga va oxirat kuniga ishongan ayolning o'likka uch kundan ortiq 
aza tutmog'i makruhdir, eri o'lsagina to'rt oyu o'n kun motamda bo'lg'aydir» 
demaganlarida, men bundoq qilmas erdim»,- dedilar».
Zaynab binti Abu Salama rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
xotinlari Ummu Habibaning huzurlariga kirdim. Ul kishi menga: «Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallamning «Ollohga va oxiratga ishonadirgan ayolning uch kundan ortiq 
o'likka aza tutmog'i makruhdir, eri o'lsagina to'rt oyu o'n kun aza tutg'aydir» deganlarini 
eshitganman» - dedilar. So'ng, Zaynab binti Jahshning huzurlariga akalari o'lganda 
kirdim. Shunda ular xushbo'y narsalar olib kelmakni buyurdilar, xushbo'ylikni o'zlariga 
surtib, so'ng: «Mening xushbo'y narsalar surtmakka hushim yo'g'-u, lekin men 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning minbarda turib, «Ollohga va oxiratga ishongan 
ayolning o'likka uch kundan ortiq aza tutmog'i makruhdir, eri o'lsagina to'rt oyu o'n kun 
aza tutg'aydir» deganlarini eshitganman»,-dedilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling