Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Qurbi yetgancha sadaqa qilmoq haqida
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 121-bob. Sadaqa gunohlarni yuvgaydir!
120-bob. Qurbi yetgancha sadaqa qilmoq haqida
Abbod ibn Abdulloh ibn Zubayr rivoyat qiladirlar: «Asmo binti Abu Bakr raziyallohu anho Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borganlarida, ul zot «Mumsiklik qilmag'il, Olloh taolo rizqyngni qirqg'aydir, qurbing yetganicha sadaqa qilib turg'il!» - degan erkanlar». 121-bob. Sadaqa gunohlarni yuvgaydir! Huzayfa raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Umar raziyallohu anhu: «Qay biringiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning fitna haqida aytgan hadislaridan birortasini bilursiz?» - deb so'radilar. Shunda men: «Janob Rasululloh qandoq aytgan bo'lsalar, Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy shundoqligicha eslab qolganman»,- dedim. Hazrat Umar: «Sen ul kishi birlan bemalol so'zlasha olar erding, qani aytg'il-chi, ne deganlar?» - dedilar. Shunda men: «Barcha fitna kishining o'z xotini, bolalari va qo'shnisidan chiqg'aydir, uni sadaqa bermoq, namoz o'qimoq va amri ma'ruf (Ixshilig') qilmoq birlan daf etg'aydirlar» deb aytganlar»,- dedim. Huzayfa hadis aytganda, «Fitna - namoz o'qimoq, Sadaqa bermoq va-l-amr bi-l-ma'ruf (ya'ni, Islom shariatida mashhur bo'lgan amali solihlarni bajarmoqni buyurmoq) birlan daf qiling'aydir» deb ham aytardi»,- deydilar muhaddislardan biri Sulaymon raziyallohu anhu. Hazrat Umar: «Men buni nazarda tutganim yo'qdir, men dengiz to'lqinlari yanglig' mavj uradirgan fitna haqida so'ramoqchi erdim»,- dedilar. Men: «Ey Amir al-mo''minin, unday fitnadan siz xavotir olmasangiz ham bo'lur, siz birlan uning orasidagi eshik yopiqdir»,- dedim. Hazrat Umar: «O'sha eshik sindirilg'aymidir yokim o'zi ochilg'aymidir?»-deb so'radilar. Men: «Balki, sindirilg'aydir»,- dedim. Hazra't Umar: «Agar sindirilsa, abadulabad qaytib yopilmas»,-dedilar. Men: «На»,- dedim». Abu Voil bunday deydilar: «Biz Huzayfadan o'shal eshik haqida so'rashga botina olmay, Masruqqa: «Siz so'rangiz!» - deb aytdik. Masruq so'ragan erdilar, Huzayfa: «O'shal eshik Umar raziyallohu anhuning' o'zlaridirlar»,- deb javob qildilar. Shunda biz Huzayfaga: «Hazrat Umar kimni nazarda tutganingizni bildilarmi?»- dedik. Huzayfa: «Ha, ertangi kun kelmog'idan oldin tun bo'lmog'ini bilganlaridek yaxshi bilg'aydirlar. Men ul kishiga bir hadis aytib berganman, shu boisdan men kimni nazarda tutganimni bilmoqlari shubhasiz»,- dedilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling