132-bob. Ikki kishiga tegishli molni (mulkni) bir-biriga qo'shib qo'yish hamda
bir odamga tegishli molni (go'yo ikki kishining molidek) bo'lib qo'yish
yaramaydir
Abu Bakr raziyallohu anhu Anas raziyallohu anhuga Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam farz qilgan sadaqalar haqida bunday deb yozib yuborgan erkanlar: «Zakot
olinishidan qo'rqib ikki kishiga tegishli molni bir-biriga qo'shib qo'ymoq va bir kishiga
tegishli molni ikkiga bo'lib qo'ymoq yaramaydir».
133-bob. Agar ikki kishining moli aralashib ketgan bo'lsa, ular o'zaro kelishib
zakot berishg'aydir
Tovus va Ato bunday deyishadir: «Agar ikki kishining moli aralashib ketgan bo'lsa-yu,
ular o'z mollarini tanib ololsalar, unda ularning mollarini ikkiga ajratib o'tirilmaydir».
Sufyon bunday deydirlar: «Ikki kishining podasi aralashib ketgan bo'lsa-yu, ulardan har
birining qo'yi qirqtadan bo'lmasa, zakot vojib ermas».
Abu Bakr raziyallohu anhu Anas raziyallohu anhuga Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam farz qilgan zakotlar haqida bunday deb yozgan erkanlar: «Bir-biriga aralashib
ketgan podalarning egalari o'zaro kelishib zakot berg'aydirlar ».
134-bob. Tuya zakoti
Abu Sa'id Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir a'robiy (badaviy) Rasululloh
sallallohu alayhi va sallamdan hijrat qilmoq to'g'risida so'radi. Shunda Janob Rasululloh:
«Sho'ring qursin! Hijrat qilmoq qiyindir, sen zakot berib turmog'ing uchun tuyalaring
bormi?» - dedilar (u kishining hijrat qiladirgan siyog'i yo'qligi uchun birmuncha yengillik
bermoqchi bo'ldilar shekilli). Badaviy: «На»,- deb javob berdi. «Sen dengizlar ortida
turib amali solihlarni ado etsang ham bo'laverg'aydir, Olloh taolo qilgan amallaringning
bittasini ham qoldirmay dargohida qabul qilg'usidir», - dedilar».
135-bob. Zakotga bir yashar urg'ochi bo'taloq berishi lozim bo'lgan odamning
Do'stlaringiz bilan baham: |