Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Qul va (undan) boshqa musulmon kishilarning fitri ro'za bermog'i


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet348/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

169-bob. Qul va (undan) boshqa musulmon kishilarning fitri ro'za bermog'i 
vojib
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har 
bir musulmonga, u xoh qul, xoh ozod shaxs bo'lsin, xoh erkak, xoh ayol bo'lsin, xoh 
yosh va xoh kesa bo'lsin, xurmodan bir so' yoki arpadan bir so' fitr zakoti bermoqni farz 
qildilar».
170-bob. Arpadan bir so' fitr zakoti beriladir
Abu Sa'id raziyallohu anhu: «Bir so' arpani ovqat o'rnida fitri ro'zaga berar erdik»,- 
deydilar.
171-bob. Taomlardan bir so' fitri ro'za beriladir
Ayoz ibn Abdulloh ibn Sa'd ibn Abu Sarh Omiriyga Abu Sa'id Xudriy raziyalloxu anhu: 
«Biz fitr zakotiga bir so' taom yoki bir so' arpa yoki bir so' xurmo yoki bir so' qurut yoki 
bir so' mayiz chiqarar erdik»,- degan erkanlar.


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
172-bob. Xurmodan bir so' fitri ro'za beriladir
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 
fitr zakotiga bir so' xurmo yoki bir so' arpa bermoqni amr qildilar. Odamlar ersa, buning 
evaziga ikki mud bug'doy bermoqni odat qildilar».
173-bob. Mayizdan bir so' fitr zakoti beriladir
Abu Sa'id Xudriy rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning davrlarida fitr 
sadaqasiga bir so' taom yoki bir so' xurmo yoki bir so' arpa yoki bir so' mayiz berar 
erdik. Muoviya davriga kelib, Shorn mamlakatida bug'doy mo'l hosil bera boshladi. 
Shunda ; Muoviya: «Bug'doyning bir muddi boshqa mevalarning ikki muddiga tengdir, 
deb o'ylayman,- dedi».
174-bob. Sadaqa hayit namozidan oldin beriladir
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam odamlarga namozga 
chiqmasdan avval zakot bermoqni amr qildilar»,- deydilar.
Sa'id Xudriy raziyallohu anhu: «Rasulullou, sallallohu alayhi va sallam zamonlarida Fitr 
hayiti kuni bir so' taomni sadaqa qilib chiqarar erdik, o'shanda bizning taomimiz arpa
mayiz, qurut va xurmodan iborat bo'lur erdi»,- deydilar.

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling