Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
172-bob. Xurmodan bir so' fitri ro'za beriladir
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu
alayhi va sallam
fitr zakotiga bir so' xurmo yoki bir so' arpa bermoqni amr qildilar. Odamlar ersa,
buning
evaziga ikki mud bug'doy bermoqni odat qildilar».
173-bob. Mayizdan bir so' fitr zakoti beriladir
Abu Sa'id Xudriy rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va
sallamning davrlarida fitr
sadaqasiga bir so' taom yoki bir so' xurmo yoki bir so' arpa yoki bir so' mayiz berar
erdik.
Muoviya davriga kelib, Shorn mamlakatida bug'doy mo'l hosil bera boshladi.
Shunda ; Muoviya: «Bug'doyning bir muddi boshqa mevalarning ikki muddiga tengdir,
deb o'ylayman,- dedi».
174-bob. Sadaqa hayit namozidan oldin beriladir
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam odamlarga namozga
chiqmasdan avval zakot bermoqni amr qildilar»,- deydilar.
Sa'id Xudriy raziyallohu anhu: «Rasulullou, sallallohu alayhi va
sallam zamonlarida Fitr
hayiti kuni bir so' taomni sadaqa qilib chiqarar erdik, o'shanda
bizning taomimiz arpa,
mayiz, qurut va xurmodan iborat bo'lur erdi»,- deydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: