Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ozod kishilar va mamluklarning Fitr sadaqasi berishi lozimligi haqida


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet349/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

175-bob. Ozod kishilar va mamluklarning Fitr sadaqasi berishi lozimligi haqida
Zuhriy raziyallohu anhu: «Mamluklar uchun, ular sotilganda ham, Fitr hayitida ham 
zakot to'lang'aydir»,- deydilar.
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhu va sallam erkak, ayol, ozod shaxs 
va mamlukka bir so' xurmo yoki bir so' arpa miqdorida fitri ro'za (yoki fitri ramazon) 
bermog'ni farz qildilar. Odamlar ersa, buning o'rniga yarim so' bug'doy beradigan 
bo'ldilar» ,— deydilar».
Nofi' raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar bir so' xurmo berar erdilar. Madina 
ahli, xurmo kam bo'lganda, o'rniga arpa berdi. Ibn Umar (uyidagi) barcha katta-kichiklar 
nomidan, hattoki mening bolalarim nomidan ham fitri ro'za berib yuborar erdilar. Fitri 
ro'zani fitri ro'za yig'guvchi maxsus kishilarga berar erdilar. Fitri ro'zani hayitdan bir kun 
yoki ikki kun ilgari berar erdilar».
176-bob. Kattayu-kichik fitri ro'za bermog'i lozim!
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kattayu-kichikka 
hamda ozod shaxs va mamlukka bir so' arpa yoki bir so' xurmo fitri ro'za bermoqni farz 
qildilar»,- deydilar.


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
1-bob. Haj kitobi. Hajning vojib ekanligi va uning fazilati haqida
Olloh taolo bu xususda: «Kimning qudrati yetg'aydir, Olloh yo'lida Baytullohga haj 
qilmog'i farzdir. Kimki Ollohning hukmiga qarshi chiqg'aydir, Olloh undoq bandalarga 
muhtoj ermasdir!» - deydi.
Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Fazl raziyallohu anhu Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallamning orqalarida tuyaga mingashib olgan erdilar. Shu payt, 
Xas'am qavmiga mansub bir ayol keldi. Fazl birlan ayol hadeb bir-birlariga qarashaverdi. 
Nabiy sallallohu alayhi va sallam Fazlning yuzini boshqa tomonga burib qo'ydilar. Ayol: 
«Yo Rasululloh, Olloh taolo o'z bandalariga hajni farz qilgan payt otamning tuya ustida 
o'tira olmaydirgan keksalik vaqtlariga to'g'ri kelib qoldi, men otamning nomlaridan haj 
qilsam bo'lurmu?» - deb so'radi. Janob Rasululloh: «На»,- dedilar. Bu voqea Hajjat ul- 
Vido'da bo'lgandi».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling