Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Sadaqa sadaqalik xususiyatini yo'qotsa


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet345/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

160-bob. Sadaqa sadaqalik xususiyatini yo'qotsa...
Ummu Atiyya raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhu va sallam 
Oisha raziyallohu anhoning oldilariga kirib: «Biror yegulik narsa bormi?» - dedilar. Oisha 
onamiz: «Nusayba sadaqa qilib berib yuborgan qo'y go'shtidan bo'lak narsa yo'qdir»,- 
deb javob qildilar. Janob Rasululloh: «Sadaqa endi o'z o'rnini topibdir!»-dedilar (ya'ni, 
«Bizga sadaqa ermas, hadyadir»,-dedilar, chunki mazkur go'sht boshqa bir odamga 
sadaqa qilib yuborilgan qo'yning go'shti erdi)».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bariraga sadaqa qilingan go'shtdan Nabiy 
sallallohu alayhi va sallamga ham olib kelishdi. Shunda, Janob Rasululloh: «Bu go'sht 
Barira uchun - sadaqa, biz uchun hadyadir,- dedilar».
161-bob. Hamma yerda ham boylardan sadaqa olinib, faqirlarga beriladir
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam Maozni Yamanga yubora turib: «Sen ahli kitob bo'lmish qavm huzuriga 
borayotirsen, borsang, eng avvalo ularni «Lo iloha il-la-l-lohu Muhammadun Rasululloh» 
deb kalimai shahodat aytmoqqa da'vat etg'il, agar so'zingga kirsalar, Olloh taolo har 
kecha-kunduzda besh vaqt namoz o'qimoqni farz qilganini ularga aytg'il, agar bunga 
ham ko'nsalar, Olloh taolo boylardan zakot olib, faqirlarga bermoqni ham farz aylaganini 
ularga ma'lum qilg'il, agar bunga ham rozi bo'lsalar, zakotga odamlarning eng yaxshi 
molini olmoq makruhlig'ini bildirg'il! Jabrdiyda odamning qarg'ishidan qo'rqg'il! Chunki u 
birlan Olloh taolo o'rtasida parda yo'qdir!» - dedilar».
162-bob. Imomning sadaqa qilgan kishini topgantutganiga baraka tilab, duo 
qilmog'i lozimligi; Olloh taolo: «Ularning mollaridan sadaqa olingiz, ularni shu 
vosita ila poklagan va gunohlardan forig' qilgan bo'lursiz, ularning haqqig'a 
duo qilingiz, chunkim sizning duoyingiz ularga taskin-tasalli berg'aydir!» - 
deydir
Abdulloh ibn Abu Avfo rivoyat qiladirlar: «Agar birqavm Nabiy sallallohu alayhi va


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
sallamga sadaqa olib kelsa, ul kishi: «Ye parvardigor, flonchining ajdod-avlodlaridan 
rahmatingni darig' tutmag'aysen!» - deb duo qilar erdilar. Bir kuni mening otam Janob 
Rasulullohga sadaqa olib keldilar. Shunda, ul zoti oliy: «Yo parvardigor, Aou Avfo 
ahlidan rahmatingni ayamag'aysen!» - drb Olloh taologa iltijo qildilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling